
Hamkasblar uchun eng yaxshi yangi yil sovg‘alari: 10 ta g‘oya
Soqolni parvarish qilish va mikroko‘katlarni yetishtirishdan tortib, geympad va noodatiy soatlargacha.
Yangi yil shunchaki bayram emas. Bu yakun chiqarish, tilaklarni tilash va kelajak uchun rejalar tuzish vaqti. Hamkasblar, oilamiz kabi, deyarli har kuni yonimizda (agar siz masofadan ishlamasangiz). Shuning uchun ularni yaxshi sovg‘a bilan xursand qilish zarar qilmaydi.
2023-yilda erkaklar va ayollar uchun eng yaxshi sovg‘alar to‘plami bilan yilning maxsus kunlarni yanada voqealarga boy qilishiga yordam beramiz.
O‘yin boshqaruvchisi
Bir nechta yosh hamkasblaringiz Sony yoki Microsoft'ning yaxshi geympadini sovg‘a sifatida olsa, albatta boshi osmonga yetadi. Ayniqsa, uni nafaqat konsolga, balki noutbuk, planshet yoki smartfonga ham ulash mumkin bo‘lsa.
O‘rnatilgan akselerometr va giroskop, shuningdek, eng so‘nggi modellardagi tebranish imkon qadar o‘yinga sho‘ng‘ish imkonini beradi, ammo bunday ajoyib sovg‘ani taqdim etgan odamlarni unutishga yo‘l qo‘ymaydi.
- PlayStation 5 uchun simsiz Sony DualSense geympadi — 989 000 so‘mdan
- PS4 DualShock joystik, simsiz, Bluetooth, simli, AA — 189 000 so‘mdan
- Microsoft Xbox Lunar Shift geympadi — 1 100 000 so‘mdan
Proyektor
Ba'zan, uyda haqiqiy kinoteatrni yaratish uchun katta diagonali televizor va kuchli ovoz tizimiga ega bo‘lish shart emas. Ko‘pgina hollarda, oddiy proyektor va bo‘sh tekis devor yetarli bo‘ladi. Bunday modellarning aksariyati Android bilanjihozlanganligi sababli, YouTube yoki kerakli onlayn kinoteatr ilovasini qurilmadan osongina ishga tushirish mumkin.
- Android Thundeal TD90 720P proyektori — 1 650 000 so‘mdan
Turka va qahva
Hamkasbingizning ko‘zlarida avvalgi porlash ko‘rinmayapti va ko‘z ostidagi dog‘lar tobora ko‘proq joy egallayaptimi? Unga yaxshi turka va qahva sovg‘a qilish vaqti keldi. To‘plamimizga kuningizni tetik boshlash uchun odatiy to‘plamni kiritamiz. Ammo sovg‘a oluvchining ta‘mini oldindan aniqlab olish yaxshiroqdir: u kuchliroq qahvani yaxshi ko‘radimi, unda turli xil mevali ta'mlarni qidiradimi yoki shunchaki sutli qahvani afzal ko‘radimi.
- Qahva tayyorlash uchun turka, qahva qaynatgich, 350 ml — 180 000 so‘mdan
- Espresso Qahva EGOISTE, yanchilgan, 250 g — 140 000 so‘mdan
Simsiz zaryadlovchili stol soati
Hozirgi kunda stol soatlari ko‘pincha aqlli kolonkalar bilan almashtirilmoqda, ba'zi foydalanuvchilarga faqat smartfonning o‘zi ham yetarli. Ammo ba'zi qurilmalar kutganingizdan ancha foydali bo‘lishi mumkin. Haroratni ko‘rsatishi, smartfonni sirtdan zaryadlashi va yorqinligi sozlanishi mumkin bo‘lgan raqamli ekranga ega soatlar ajoyib sovg‘a go‘yasidir.
- Raqamli stol soati-budilnik VST, smartfon uchun simsiz zaryadlash, termometr — 220 000 so‘mdan
Mikroko‘kat yetishtirish uchun to‘plam
Ko‘katlar hech qachon ortiqcha bo‘lmaydi, ayniqsa u juda kam joy egallaganida. Uy sharoitida no‘xat, kungaboqar, kress-salat, brokkoli, Sango va Red Koral redislari, rukkola va boshqa ko‘plab mikroko‘katlarning ixcham ko‘chatlarini ko‘rishni istaganlar uchun sovg‘a varianti. Bunday to‘plamga hech narsa sotib olishning hojati yo‘q, chunki hammasi ma'um bir printsip asosida ishlaydi — shunchaki suv qo‘shing.
- 16 ta hosil uchun mikroko‘katlarni yetishtirish to‘plami — 203 000 so‘mdan
- «Моя микрозелень» rukkola yetishtirish uchun to‘plam — 39 000 so‘mdan
King C. Gillette soqollarini parvarish qilish to‘plami
Faqat go‘zal soqolning egasi uchun.Yoki modaga mos ravishda soqol o‘stirishni istaganlar uchun. To‘plam bozor yetakchisidan qulay ustara, yuvinish vositasi, soqol uchun shaffof jel va soqolni parvarishlash uchun moyni o‘z ichiga oladi.
- King C. Gillette soqollarini parvarish qilish to‘plami — 800 000 so‘mdan
Kosmetik niqob va patchalar
Og‘ir kundan so‘ng dam olish uchun yoki aksincha, barcha ishingizdan oldin kuningizni tetik boshlash uchun kerak bo‘lgan narsa. Bir to‘plamda aloe ekstrakt, kollagen, gialuron kislota va avakado ekstraktli niqoblarni topish mumkin.Patchalar esa ko‘zlaringizni avvalgi bardamligini tiklashga va kollagen ishlab chiqarishni tezlashtirishga imkon beradi, ayniqsa ularni muzlatgichda saqlasangiz — sovuq bardamlik ta'sirini kuchaytiradi.
- Koreya yuz uchun kosmetik niqob Eunyul, to‘plamda 5 dona — 105 000 so‘mdan
- Gidrogelli ko‘z patchalar, 60 dona — 36 000 so‘mdan
Aqlli kolonka
Musiqa va jonsiz buyumlar bilan muloqot qilishni yoqtiruvchilar uchun. Albatta, bu hazil. Alisa ovozli yordamchisini jonsiz deb atash qiyin — uning yordamida kolonka nafaqat musiqani yoqishi va budilniklarni o‘rnatishi, balki so‘nggi yangiliklarni o‘qishi va hatto har qanday hikoya yoki g‘oyalarni ixtiro qilish uchun Yandex'ning o‘z neyron tarmog‘iga kirish huquqini berishi mumkin. Har bir uy va har qanday vaziyat uchun kerakli yordamchi.
- Aqlli kolonka Yandex Stantsiya Mini YNDX-00020 soat va Alisa bilan — 1 320 000 so‘mdan
Xushbo‘y choy
Hech narsa yangi yil kayfiyatini yaxshi xushbo‘y choy kabi ko‘tarishga yordam bermaydi. Hamkasbingizning hayotini yengillashtirib, unga issiq ichimlik tayyorlash uchun gibiskus, olma, doljin, zanjabil, apelsin, uning qobig‘i va gullari, kardamon va badyan aralashmasini sovg‘a qilish mumkin. Klyukva va yalpizli ivan-choyi, pichan, Kuril choyi va dulavratotu bilan sibir aralashmasi yoki odamning didiga mos keladigan boshqa to‘plam ham yaxshi kayfiyatni yaratishi mumkin.
- Choy Fruteabar ONE , xushbo'y va gibiskusli Glintveyn, 5 ta paketcha, 8 g — 24 000 so'mdan
- ChoyFruteabar ONE klyukva va yalpizli ivan-choy, 5 ta paketcha, 8 g — 24 000 so‘mdan
- Yovvoyi o'tlardan fitochoy № 1, «Tozalash va drenaj» Baikal Tea Collection, 30 ta paketcha — 40 000 so‘mdan
Aroma shamlar
Bir necha yildan beri birga ishlagan insonning didini yaxshi bilsangiz bunday sovg‘a tanlashingiz mumkin. Unga fransuz qorarcha va lavanda, apelsin guli, yozgi plyaj, eski saroy atirguli, orzuli vanil, ko‘k qo‘ng‘iroqlar, yomg‘irdan keyingi yasmin va bergamotli greyfurt hidli shamlar bilan uyini yanada shinamroq qilishga yordam bering. Sizning didingizga mos to‘plamni yig‘ing!
- Uy dekori va shinamligi uchun, efir moylari bilan xushbo‘y hidli sham Scented Candle — 39 000 so‘mdan
Izoh qo‘shish