
Haj-2024: Xarajatlar va ziyoratchilar uchun maslahatlar
2024-yilda Hajni qanday rejalashtirish va safarga nimalar olib ketish bo'yicha maslahatlar beramiz.
Dindor musulmon Islomning besh farziga rioya qilishi shart, ulardan biri Haj — Makkadagi Ka'bani ziyorat qilishdir. O‘zbekistonda Haj ziyoratiga borish istagida bo‘lganlar yildan-yilga ortib bormoqda. 2023-yilda 15 mingdan ortiq Oʻzbekistonlik musulmonlar Haj amalini ado etib qaytdilar. Maqolada ziyorat urf-odatlari hamda 2024-yilda O‘zbekistondan Hajga borish qanchaga tushishini aytib beramiz.
Hajning urf-odatlari va sanalari
Haj - ziyorat amali bo'lib, Makka shahri va uning yon atroflaridagi muqaddas joylarga ziyorat qilishni oʻz ichiga oladi. Haj shahodat, namoz, zakot va ro‘za bilan birgalikda Islomning besh arkonlaridan biri hisoblanadi. Ziyorat ma'lum bir vaqtda, ma'lum bir joyda, ma'lum bir tarzda amalga oshiriladi. Haj sanalari har yili o'zgarib turadi va Islom qamariy (oy) taqvimiga ko'ra belgilanadi.
O‘zbekistonda 2024 yil Haj mavsumi 23-maydan boshlanadi. Mamlakatning 10 ta hududiy aeroportidan Saudiya Arabistoniga har kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi.
Haj amalini muvaffaqiyatli ado etgan musulmonga sharafli hoji unvoni beriladi. U ismdan oldin yoki keyin joylashtirilishi mumkin.
Hajga borish uchun bir qancha shartlarga rioya qilish kerak:
- e'tiqodli musulmon bo‘lish;
- kamolotga yetgan bo'lish;
- sog'lom aql-idrokka ega bo'lish;
- ayollarga hamrohlik qiluvchi shaxsni topish;
- ziyorat qila olish - sog‘lom bo‘lish, yo‘nalish xavfsizligini ta'minlash, yetarli pul mablag‘ga ega bo‘lish va haj ziyoratini amalga oshirishga to‘siq bo‘lmasligi.
Agarda shartlardan birortasi bajarilmagan bo'lsa, haj haqiqiy emas deb hisoblanadi. Shuningdek, hajning besh farziga rioya qilish kerak:
- ehrom;
- Arofat tog‘ida turish;
- Muqaddas Ka'ba atrofida tavof qilish;
- Safo va Marva orasida yugurish;
- sochni olish yoki kesish.
Hajning turlaridan biri bu Umradir. Bu Makka va Masjid ul-Haramni ziyorat qilishni o'z ichiga olgan kichik ziyoratdir. Hajdan asosiy farqi shundaki, Umra ziyoratini faqat ma'lum bir davrda emas, istalgan oyda amalga oshirish mumkin. Shuningdek, Umra ziyoratining ham moddiy xarajatlari bor, lekin Makkada musulmonlar kamroq bo'lgan, va o‘zingizga qulayroq vaqtda safarga borish imkonini beradi.
Haj qanday tashkil qilingan
Saudiya Arabistoni hukumati har yili Haj kvotalari sonini belgilaydi. 2023-yilda O‘zbekiston fuqarolari uchun 15 mingta o‘rin ajratilgan bo‘lsa, 2024-yilda ularning soni ortishi kutilmoqda – 2022-yilda Saudiya Arabistoni rasmiylari bilan O‘zbekiston fuqarolari uchun ajratiladigan kvotalar soni bosqichma-bosqich yiliga 24 mingtagacha yetkazilishi haqida kelishuvga erishildi.
O‘zbekistondan Hajga borish qancha turadi?
2023-yilda bir kishi uchun ziyoratning taxminiy narxi 70 million so‘m atrofida edi. Ziyoratni tashkil etish markazlashgan holda O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshiriladi.
Mamlakatimiz fuqarolari uchun Umra ziyoratini ado etish imkoniyati ham mavjud. Uning qiymati O‘zbekiston musulmonlari idorasi qarori bilan 2024-yil 10-yanvardan boshlab pasaytirildi va bir kishi uchun 16,6 million so‘mni tashkil etadi. Bu miqdorga samolyot chiptalari, tibbiy xizmatlar, kuniga 3 mahal ovqatlanish va hamrohlik qiluvchi diniy vakillar kiradi.
O'tgan yili turizm qo'mitasi Umra safari tashkiloti xizmatlarini ko'rsatishga ruxsat berilgan turoperatorlar ro'yxatini e'lon qildi. Ro'yxat 190 ta kompaniyadan iborat, siz maxsus veb-saytda to'liq ro'yxat bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Umradan farqli o'laroq, Hajni tashkil etish tur agentliklari va turfirmalari qonuniy ravishda ko'rsatishi mumkin bo'lgan xizmatlar ro'yxatiga kiritilmagan. O‘zbekiston Diniy ishlar qo‘mitasining bayonotida bunday urinishlar qonunga zid ekanligini ta'kidlangan.
Haj safariga o‘zingiz bilan nima olib borish kerak
Haj ham har qanday boshqa sayohatlar kabi alohida tayyorgarlikni talab qiladi. Makka va uning atrofida tropik cho'l iqlimi bo'lgani uchun alohida ehtiyot choralarini ko'rish kerak. Haj kunlarida havo harorati kunduzi +45-50 darajaga yetishi mumkin. Shuningdek, Haj vaqtida Saudiya Arabistoniga yuz minglab odamlar kelishini ham hisobga olish kerak, bu esa favqulodda vaziyatlar xavfini oshiradi. Shunday qilib, 2023-yilda Saudiya Arabistoni hukumati maʼlumotlariga koʻra, Haj mavsumida mamlakatga 1 million 800 mingdan ortiq ziyoratchi tashrif buyurgan..
Shu sabab, o'zingizni sog'liq bilan bo'ladigan muammolardan himoya qilish va ziyoratni yanada qulay qilish uchun o'zingiz bilan ba'zi narsalarni olib ketish tavsiya etiladi. Boshqa narsalar qatorida, Hajga tayyorgarlik ko'rishdan oldin bunday narsalarga e'tibor qaratish lozim.
Qulay kiyim
O'zingiz bilan bir nechta ustki kiyim to'plamini olish tavsiya etiladi - butun tanani qoplaydigan yengil oq narsalarni tanlash afzalroqdir. Ayollar uchun ochiq rangli yengil paxtali liboslarni tanlash eng qulay variantdir.
O‘zingizga mos poyabzal
Oyoq kiyimlarini tanlayotganda, baland taglikli ochiq rangdagi yengil, yopiq modellarga ko'proq e'tibor qaratish yaxshiroq - masalan, erkaklar uchun mokasinlar va ayollar uchun krossovkalar.
Dorilar qutisi
Safar oldidan dori-darmonlarning kichik to'plamini tayyorlang - unda shamollashga qarshi dorilar, isitma tushiruvchi, ichak kasalliklariga qarshi dorilar, quyoshdan himoyalovchi kremlar bo'lishi kerak. Shuningdek, siz jarohatlar va kesishlarni davolash uchun safarga yo'l dori qutisini olishingiz ham mumkin.
Soyabon
Jazirama quyosh ostida qulay harakatlanish uchun sizga soyabon kerak. Siz sumkaga solish qulay bo'lishi uchun yig‘ma modellarni, yoki yurish paytida suyanishingiz mumkin bo'lgan hassa soyabonlarni ham tanlashingiz mumkin.
Sumka
Barcha kerakli narsalar doimo qo'l ostida bo'lishi uchun ularni sumkaga solib qo'yishingiz mumkin. Yelkaga osiladigan kichik sumkalar yoki kamarsimon sumkalari eng qulayi bo'ladi. Ixcham shopperlar ayollarga juda yarashadi. Qulay organayzerlar esa kichik aksessuarlar, shaxsiy buyumlar va shaxsiy gigiena vositalariga saqlashga ayni muddao.
Izoh qo‘shish