bosh sahifa / Sarflash va tejash / Ko‘rsatma: 2024-yilda AQSH grin-karta lotereyasida qatnashishga arizani qanday topshirish mumkin

Ko‘rsatma: 2024-yilda AQSH grin-karta lotereyasida qatnashishga arizani qanday topshirish mumkin

2-oktyabr kuni ko‘p mamlakatlar fuqarolari yana bir bor dunyodagi eng mashhur tanlovlardan biriga ariza topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Har yili grin-karta o‘yinida dunyo bo‘ylab millionlab odamlar ishtirok etadi, ammo atigi 55 ming nafari DV Visa dasturi doirasida orzu qilingan kartani qo‘lga kiritishi mumkin.

O‘yinda kimlar ishtirok etishi mumkin

Arizalar to‘liq o‘rta ma'lumotga yoki so‘nggi besh yil ichida ikki yildan ortiq maxsus ta'lim talab qiladigan mutaxassislik bo‘yicha kasbiy ish tajribasiga ega bo‘lgan shaxslardan qabul qilinadi.

Aslida nomzod yuqori malakali mutaxassis bo‘lishi kerak. Kasbning “sifati” maxsus tizim bo‘yicha aniqlanadi, bunda kasblar Job Zone parametri bo‘yicha zonalarga bo‘linadi: birdan beshgacha. Shuningdek, mutaxassislik bo‘yicha tayyorgarlik darajasi — SVP Range baholanadi.

Ariza beruvchi tanlovda ishtirok etish uchun Job Zone 4 yoki 5 ga tegishli, SVP darajasi 7 dan past bo‘lmagan kasbga ega bo‘lishi kerak. Ko‘rsatkichlaringizni maxsus saytda tekshirishingiz mumkin.

Nomzodlar, shuningdek, sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy muammolarga ega bo‘lmasligi va og‘ir jinoyatlar bo‘yicha sudlanmagan bo‘lishi kerak. Aniq sabablarga ko‘ra, ingliz tilini bilish ham ortiqcha bo‘lmaydi: anketa faqat shu tilda to‘ldiriladi.

Geografiyaga kelsak, aksariyat mamlakatlar, shu jumladan sobiq SSSR davlatlari, ba'zi istisnolardan tashqari, lotereyada ishtirok etish cheklovlariga tushmaydilar.

Agar “taqiqlangan” mamlakatlardan birida tug‘ilgan bo‘lsangiz (masalan, o‘tgan yili bunday mamlakatlar orasida Pokiston bor edi), bu holda turmush o‘rtog‘ingiz yoki ota-onangiz tug‘ilgan mamlakatidan ariza topshirishingiz mumkin. Biroq, bu tug‘ilganingizda ota-onangiz ushbu mamlakat rezidenti bo‘lmagan taqdirdagina mumkin. Bunday holatlarda ariza beruvchining fuqaroligi lotereyada ishtirok etish imkoniyatiga ta'sir qilmaydi.

Xorijdagi o‘zbekistonliklar: toshkentlik — AQShdagi hayot, tog‘lar sog‘inchi va “xuddi o‘sha” palov haqida

Ma'lumot olish

Grin-karta nima beradi

Grin-karta, aslida, AQSH rezidenti, ya'ni mamlakatda doimiy istiqomat qiluvchi fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdir. Bu yashash uchun ruxsatnomaning analogi sifatida amal qiladi va shaxsning fuqarolikka ega bo‘lish yo‘lidagi bir qadamdir.

Grin-karta bilan AQShda ta'lim olish, doimiy asosda yashash va ishlash mumkin. Shu bilan birga, bu maqomni saqlab qolish uchun yilning ko‘p qismini mamlakatda o‘tkazish kerak — aks holda u haqiqiy emas deb topiladi. Ya'ni, agar karta olganingizdan keyin O‘zbekistonda yarim yil yoki undan ko‘proq qolishga qaror qilsangiz, karta bekor qilinadi.

Tanlovdan tashqari, uni AQSH fuqarosi yoki rezidenti bilan turmush qurish, oila bilan birlashish, “iste'dod vizasi” bo‘yicha, 1,050 million dollardan ortiq sarmoya kiritish, ishga taklif qilinish yoki siyosiy boshpana taqdim etilishi orqali ham olish mumkin.

Green Card'ga arizani qanday rasmiylashtirish mumkin

Bu yil arizani mahalliy vaqt bilan 2-oktyabr soat 21:00 dan 5-noyabr soat 22:00 gacha topshirish mumkin. Uni Dvprogram.state.gov rasmiy saytida rasmiylashtirish kerak — lotereyada ishtirok etish uchun boshqa qonuniy veb-saytlar mavjud emas. Anketa ICAO transliteratsiyasi qoidalariga muvofiq ingliz tilida lotin harflari bilan to‘ldiriladi.

Lotereyada ishtirok etish uchun ariza shakli ikki qismdan iborat — to‘ldiruvchi va turmush o‘rtog‘i yoki farzandlari uchun. Anketani to‘ldirish uchun sahifa ochilgan paytdan boshlab 60 daqiqa vaqt beriladi, shundan so‘ng kiritilgan ma'lumotlar o‘chirib tashlanadi. Bu jarayon bir kishi uchun 5-10 daqiqa davom etadi.

Anketaga fotosurat ham ilova qilinishi kerak bo‘ladi. Fotosuratni studiyada qilganingiz ma'qul, bunda sizga grin-karta yoki Amerika vizasi uchun surat kerakligini aytib o‘ting.

Ariza topshirish uchun fotosuratga qo‘yiladigan talablar:

  • Surat ariza topshirilishidan 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddat avval olingan bo‘lishi kerak.
  • Fotosurat rangli va kvadrat shaklida bo‘lishi kerak. Boshingiz tasvir balandligining 50-69 foizini egallashi va markazda joylashishi kerak.
  • Bosma fotosurat o‘lchami — 51×51 mm, raqamli fotosurat o‘lchami esa 600×600 piksel. Format — JPG, maksimal fayl hajmi 240 Kb dan katta emas.
  • Surat aniq, bir rangdagi yorug‘ fonda, soyalarsiz bo‘lishi kerak.
  • Surat retushi taqiqlanadi.
  • Suratda oddiy kiyimda, ko‘zoynaksiz va bosh kiyimsiz bo‘lishingiz kerak. Faqat tibbiy ko‘rsatmalar yoki diniy e'tiqodlar bundan mustasno, lekin hatto bunday hollarda ham fotosuratni qabul qilmasliklari mumkin.

Fotosuratingiz parametrlarga mos kelishini maxsus servis yordamida tekshirishingiz mumkin.

Barcha rasmiyatchiliklar bajarilgandan so‘ng, sayt tasdiqlash raqamini (Confirmation Number) taqdim etadi. Uni ishonchli joyda saqlang: lotereya natijalarini tekshirish uchun kerak bo‘ladi. Yo‘qotib qo‘ygan taqdirda, uni qayta tiklab bo‘lmaydi, chunki natijalar pochta orqali yuborilmaydi.

G‘oliblar qatorida bo‘lsangiz

Bu yil natijalari 2025 yil may oyida ma'lum bo‘ladi, ro‘yxatlar dasturning rasmiy saytida e'lon qilinadi. Tanlovda g‘olib bo‘lish kartani olishni kafolatlamaydi: o‘tgan yili 100 mingdan ortiq ishtirokchi g‘olib bo‘ldi, ammo odatdagidek, hamma ham kerakli tartib-taomillardan o‘tishga ulgurmaganligi sababli grin-kartani faqat 55 ming kishi olgan.

Green Card vizasini olish uchun lotereya g‘oliblari dastur tashkilotchilari tomonidan tanlangan AQSH diplomatik muassasasiga tashrif buyurishi, tibbiy ko‘rikdan va suhbatdan o‘tishi, shuningdek, tugallanmagan sudlanganlik holatlari yo‘qligini tasdiqlashlari kerak. Keyin esa yo‘lingiz ochiq bo‘ladi!

Barcha jarayonlarni bajarishning so‘nggi muddati — 2025 -yil 30-sentyabr. Biroq, agar 55 ming kishilik limitga oldinroq erishilsa, dastur muddatidan oldin yakunlanadi.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments