
Erkaklarga nima sovg'a qilish mumkin: g'oyalar
Erkak uchun sovg'ani tanlash yulduzchali vazifa bo'lishi mumkin. Qabul qiluvchilar kamdan-kam hollarda nima kerakligini aytadilar va to'g'ridan-to'g'ri savolga xazil bilan javob berishadi: "Menda hamma narsa bor", "Istaganingni sovg'a qil" yoki "Hech narsa kerak emas, rahmat". Biz oxirgi ibora bilan rozi emasmiz va ota, aka, hamkasb va yaqin insonni xursand qiladigan 20 ta eng qiziqarli g'oyalarni taklif qilamiz.
Vaqtni taxminlarga yoki uzoq xaridlarga sarflashdan oldin, bizning ro'yxatimizni ko'rib chiqing. Tug'ilgan kun uchun, yangi yil uchun yoki shunchaki do'stlik belgisi sifatida erkakka sovg'a tanlayapsizmi - biz ushbu universal variantlar orasida albatta aynan mosi borligiga aminmiz.
Qulaylik uchun biz sovg'alarni bir nechta toifalarga ajratdik (uning sevimli mashg'ulotlariga, turmush tarziga va ehtimol kasbiga qarab). Qani, ketdik!
Avtomobil uchun gadjetlar
Mini-changyutgich
Portativ avtomobil changyutgichi har doim olib yurilishi va istalgan joyda ishlatilishi mumkin: sayohatda, dala hovlida yoki piknikda. U yengil va ixcham bo'lib, salonni bir necha daqiqada har qanday ifloslanishdan tozalaydi (shu jumladan kirish qiyin bo'lgan joylarni ham) va saqlash uchun qulay. Simsiz va simli modellarning ijobiy va salbiy tomonlari bor. Birinchisi tarmoqqa ulanishni talab qilmaydi va portativ tarzda ishlaydi – ularni yo'lga olish yaxshi. Ammo ikkinchisi ko'proq quvvatga ega - ular odatda garajda ishlatiladi.
Bizga quyidagilar yoqadi:
Videoregistrator
Professional haydovchilar va avtomobil ixlosmandlari uchun ajralmas qurilma. U haydash xavfsizligi va qulayligini oshiradi, shuningdek, yo'lda har qanday tushunarsiz vaziyatlarda adolatga erishishga yordam beradi. Darhaqiqat, registrator bilan haydovchi har doim o'z manfaatlarini himoya qilish va sug'urta to'lovlarini olish uchun tegishli videolarga ega bo'ladi.
Bizga quyidagisi yoqadi:
- MaGic 3 tasi 1 da avtomobil registratori
Shinalar uchun nasos
Hech qachon ortiqcha bo'lmaydigan must have. Agar to'satdan shahar tashqarisida shina teshilib qo'lsa yoki g'ildirak doimiy ravishda puchayadigan bo'lsa , haydovchiga yordam beradi. Biz, ayniqsa, o'rnatilgan chiroq bilan jihozlangan simsiz qayta zaryadlanuvchi kompressorlarni tavsiya qilamiz – hatto qorong'ida va "sivilizatsiyadan uzoqda" ishlatish qulay.
Bizga quyidagisi yoqadi:
- USBga ega, Paramount g'ildiraklar uchun avtomobil nasosi
Avtomobil zaryadlovchi qurilmasi (buster)
Akkumulyator yangi bo'lmasa va 4 yildan ortiq xizmat qilayotgan, avtonom ishga tushirish va zaryadlash moslamasini mashinada saqlash foydalidir. Uning yordami bilan siz boshqa avtomobil egalaridan "yoqish"ni so'ramasdan, dvigatelni o'lik batareya bilan mustaqil ravishda ishga tushirishingiz mumkin.
Bizga quyidagisi yoqadi:
- ShopX avtomobil zaryadlovchi qurilmasi
Telefonni zaryadlash qurilmasi
Smartfon uchun pauerbenk ham har doim qo'l ostida bo'lishi kerak. Eng yaxshi modellar nafaqat gadgetni zaryad qiladi, balki panelga o'rnatiladi, ilovadan musiqa va Bluetooth orqali baland tovushli aloqani ijro etadi. Ularni haydashdan deyarli chalg'imasdan boshqarishingiz mumkin.
Bizga quyidagisi yoqadi:
- Baseus Qualcomm Quick Charge avtomobil zaryadlash qurilmasi
Avtomobil uchun aksessuarlar
Havo aromatizatori
Shunchasi xushbo'y marjon emas, balki zamonaviy salon aksessuari. Tashqi ko'rinishi bilan kayfiyatni yaxshilaydigan va havoni yangilaydigan diffuzorni sovg'a qiling. Ulardan ba'zilari hatto har kuni o'zgartirilishi mumkin bo'lgan bir nechta turli xil iforlarni "taklif qilishadi".
Bizga quyidagilar yoqadi:
- Modern Tech, «Robot» avtomobil uchun aromatic diffuzori
- Me'yor, «Vertolyot» avtomobil aromatizatori
Richag uchun g'ilof
Juda arzon, ammo juda yoqimli sovg'a. Uzatmalar qutisi tutqichining qopqog'i tutqichni rang o'chishi va tirnalishdan himoya qiladi va yana kun bo'yi yaxshi kayfiyat bag'ishlaydi! Ushbu mavsumning tendensiyasi - xudi ko'rinishidagi g'iloflar.
Bizga quyidagisi yoqadi:
- «Хudi» avtomobil uchun aksessuari
Mashinaga organayzer
Endi salonda yoki yuk xonada tartibsizlik bo'lmaydi. Odatda avtomobil bo'ylab tarqalgan narsalar bitta organayzerga osongina sig'adi. Tartib va go'zallik! Sizga yuqori sifatli eko-charmdan tayyorlangan organayzer-sumkalarini tanlashingizni maslahat beramiz – ular bardoshli va shaklini yaxshi ushlab turadi.
Bizga quyidagisi yoqadi:
- Avtomobil yukxonasi uchun Das Auto taxlanuvchi organayzeri
Avtomobil krujkasi
Maxsus termo krujka elektr quvvat manbai orqali ishlaydi (yondirgichga ulanadi) va ichimliklarni soatlab issiq ushlab turadi. Uzoq sayohatlarda ajralmas hamroh.
Bizga quyidagisi yoqadi:
- accentech zanglamaydigan po'latdan isitiladigan sayohat krujkasi
Start-Stop uchun himoya qopqog'i
Start-Stop tizimi uchun maxsus yorliq tasodifiy tugmani bosishdan himoya qiladi. Avtomobilning interyerini jonlantiradigan qiziqarli dizaynga ega foydali kichik narsa.
Bizga quyidagisi yoqadi:
- ComfortMarket "Temir odam" Start-Stop uchun himoya qopqog'i
Idishlar
Kofe krujkasi
G'ayrioddiysini sotib olgan yaxshiroqdir: shaxsiy, xohish bilan, uning sevimli mashg'ulotlarini yoki shunchaki noyob shakllisini. Individual yondashuv bilan iliq, samimiy sovg'a.
Bizga quyidagilar yoqadi:
- CHORSU «Shurup» krujkasi
- Black Box, «Eng Yaxshi Ota Krujkasi»
- Comfore mikserli aralashtirgich krujka
Pichoq
Qadim zamonlardan beri pichoq erkak jinsi bilan bog'liq va an'anaviy sovg'adir. Siz uni turli sabablarga ko'ra taqdim etishingiz va turli toifalardan tanlashingiz mumkin. Agar sizning sovg'angizni qabul qiluvchisi oshpazlikni yaxshi ko'rsa, unga oshxona pichoqlari to'plamini sovg'a qilishingiz mumkin. O'zbek milliy pichog'i ham yodgorlik, ham kundalik hayotda yordamchidir. Brelok-pichoq esa garajda, kemoingda va har qanday sayohatda universal yordamchidir.
Bizga quyidagilar yoqadi:
- ZERTER oshxona pichoqlari to'plami, 6 ta predmet
- Milliy souvenir pichog'i
- Uchburchak shaklidagi taxlanadigan, zanglamaydigan po'latdan yasalgan brelok-pichog'i
Kiyim va aksessuarlar
Futbolka
Bir rangdagi bazaviy futbolkalar (oq, qora, kulrangda) o'zicha yaxshi va har doim o'rinli. Ammo uni taqdim etgan kishi uchun individual print, ismi yoki portretiga buyurtma berish orqali ularni "moslashtirish" mumkin. Qiziqarli yoki neytral yozuvli futbolkalar ham har qanday garderobga mos keladi. Mukammal o'tirdigan Polo esa hatto eng talabchan janobni ham xursand qiladi.
Bizga quyidagilar yoqadi:
Хudi
Yana bir tolstovka-xudi, bu safar to'liq o'lchamli. Futbolka singari, uni printli va printsizini tanlashingiz, ustiga eksklyuziv rasmni chop etishingiz yoki bir rangda qoldirishingiz mumkin – bu narsa hech qachon garderobda ortiqcha bo'lmaydi.
Bizga quyidagilar yoqadi:
Sharf
Bu nafaqat barcha holatlar uchun kundalik aksessuar, balki insonga g'amxo'rlik qilish ifodasidir; iliq, do'stona his-tuyg'ularning belgisi. So'nggi bir necha yil ichida balaklava va aslida sharfni birlashtirgan snudlar dolzarb bo'lib qoldi - ular orasida yosh yigit uchun variantni ko'rib chiqishga arziydi. Kattalar uchun esa klassikani taklif qilamiz.
Bizga quyidagilar yoqadi:
- ELIMA balaklava-xomuti
- U.S. Polo Assn sharfi
Hamyon
Erkaklar deyarli har doim va hamma joyda nima olib yurishadi? Hamyon. Va agar u nafaqat pul va kartalarni, balki hujjatlarni ham o'z ichiga sig'dirsa yanayam yaxshi bo'ladi. Ideal hamyon esa yaxshi himoyalangan ham bo'ladi.
Bizga quyidagilar yoqadi:
- Tanga uchun cho'ntag bilan taxlanadigan erkaklar hamyoni Erkaklarniki
Esdalik sovg'alari va amaliy mayda-chuydalar
Akva-suvenir
Uni mashinadagi panelga qo'yish yoki ofisdagi ish stolida saqlash mumkin. Ichida dengiz zarralari va taqlid to'lqinlari bo'lgan shisha idish hayratlanarli va tasalli beruvchi ko'rinish beradi. Barcha yoshdagi odamlar uchun ajoyib stressga qarshi o'yinchoq.
Bizga quyidagisi yoqadi:
- "Qora marvarid" suv suveniri
Multitul
Qabul qiluvchi hamma narsaga ega ekanligini aytdimi? Hammasi haqiqatan ham bo'lsin. Bu kichkina narsada pichoq, chizg'ich, otvyortka, arra va boshqa ko'p narsalar mavjud. Shu bilan birga, multitul cho'ntagingizga yoki hatto hamyoningizga osongina joylashadi.
Bizga quyidagilar yoqadi:
- 11 tasi birda multitul-hamyon
- Ranger 9 tasi birda multituli
Yoping'ich
Atrofdagi atmosferani yanada iliq va qulay qiladigan narsa. Bunday sovg'a deyarli har qanday odamga yoqadi. Va agar u yaxshi hazil tuyg'usiga ega bo'lsa, u, albatta, kulgili printli yoping'ichni qadrlaydi (masalan, pizza, tarvuz yoki lavash ko'rinishida).
Bizga quyidagilar yoqadi:
Sovg'a to'plami
Ba'zan tayyor yechimga ishonish mantiqli bo'ladi. Ayniqsa, sovg'a tanlayotgan odamoingizning didini yaxshi bilmasangiz. Bunday holda, universal to'plamlar mos keladi. Ularning afzalliklari: "mazali" qadoqlash va yaxshi tanlangan tarkibdadir. Agar bu ruchka va hamyon bo'lsa, ular bir xil uslubda yaratilgan; agar biz kosmetik to'plam haqida gapiradigan bo'lsak, unda bir-birini yaxshi to'ldiradigan bir xil yo'nalishdagi mahsulotlar ham mavjud. Maslahat: notanish odamga parvarish qiluvchi kosmetika va parfyumeriya sovg' qilmagan yaxshiroqdir. Yoki o'zingizni neytral narsa bilan cheklang - masalan, qo'l kremi bilan.
Bizga quyidagilar yoqadi:
- Shisha-g'ilofda True Man, sovg'a asboblar to'plami
- Gift Box erkaklar uchun sovg'alar to'plami (hamyon, qalam, brelok, sovun)
- Bloknot va ruchkali sovg'a to'plamiB
- Burgut bilan to'plam: brelok va metall ruchka
Izoh qo‘shish