
Elektr tish cho'tkasini tanlaymiz: turlari, rejimlari, nasadkalari
Tish yuvish - muhim kundalik jarayonlaridan biridir. Og'iz bo'shlig'i gigienasi nafaqat tashqi ko'rinishga, balki inson salomatligiga ham bevosita bog'liq. Ko'pchilik oddiy tish cho'tkasini ma’qul ko'radi. Tozalash jarayonini sifatli va samarali qilishni xohlaydiganlar uchun esa elektr tish cho'tkalari mavjud. Bunday cho‘tkalar tishni karashdan, tish toshidan samarali tozalashga qodir. Shuningdek, qo'shimcha foydali funksiyalari bilan maqtansak bo‘ladi. Keling, elektr tish cho'tkasini tanlashda nimalarga e'tibor berish kerakligi haqida gaplashamiz va elektr cho'tkalarning asosiy parametrlarini ko'rib chiqamiz.
Elektr tish cho'tkalarining turlari
Elektr tish cho'tkasini tanlashda, avvalo, mazkur modelda qanday tozalash texnologiyasi qo'llanilganini aniqlashimiz kerak. Atigi uch turdagi elektr tish cho'tkalari mavjud: mexanik, tovushli va ultratovushli. Har birining asosiy jihatlarini ko'rib chiqamiz.
Mexanik tish cho‘tkasi
Dastlabki elektr tish cho'tkalari taxminan 60 yil oldin paydo bo'lgan, bu - mexanik cho‘tkalar edi. Bunday cho'tkaning nasadkasi korpus ichiga o'rnatilgan elektr motor yordamida harakatga keltirilgan. Nasadka tuklari aylanma va qaytarma harakatlarni amalga oshiradi. Tebranishlar soni - modeliga ko‘ra bir daqiqada 3 mingdan dan 20 minggacha. Mexanik cho'tkalar tish va milkni ehtiyotkorona tozalashi bilan tavsiflanadi. Ular og'iz bo'shlig'ida sezgirligi yuqori bo'lgan odamlar uchun, shuningdek, ilgari elektr cho'tkadan foydalanmaganlar uchun juda qulay.
Tovushli tish cho‘tkalari
Tovushli elektr tish cho'tkasi mexanik cho‘tkadan farq shundaki, ichida elektr motor o'rniga tovush to'lqini generatori o'rnatilgan. Tozalash jarayonida bunday cho'tkaning nasadkasi aylanmaydi, balki tebranadi. Ovoz to'lqinlari yordamida tishni tozalaydigan suv, pasta va havodan iborat aralashma hosil bo'ladi. Tovushli cho'tkaning tebranish chastotasi - bir daqiqada 18 mingdan 40 minggacha. Natijada bunday cho'tka eng murakkab joylarni ham tozalashga qodir.
- Elektr tish cho'tkasi Sonic X-2, ovozli, 6 rejimli 4 ta nasadka bilan
- Yorqin tabassum: Ikki tomonlama elektr sonik tish cho'tkasi
- Elektr tovushli tish cho'tkasi X2, 6 rejim, 2 ta nasadkalar
- Elektr tovushli tish cho'tkasi X7, 6 rejim, 4 qoshimcha
Ultratovushli tish cho‘tkalari
Ultratovushli cho'tkalarning ishlash prinsipi ultratovush texnologiyasiga asoslangan. Bunday cho'tka ichiga tebranishni keltirib chiqaradigan elektr motor o'rnatilgan. Nasadkadagi tuklar juda tez harakatlanadi – tebranishlar soni bir daqiqada 100 milliongacha yetishi mumkin. Yuqori tezlikdagi tebranishlar kuchli karash va tish toshlarini olib tashlashga imkon beradi. Ultratovushli cho'tkalar tishni juda samarali tozalaydi, ammo tish va milklari sezgir bo'lganlarga mos kelmaydi. Shuningdek, cho‘tkaning quvvati va yuqori tezligi tufayli, bunday cho'tka hatto tishdagi plombani parchalashi mumkin. Ultratovushli elektr tish cho'tkasini faqat tish shifokoringiz bilan maslahatlashgandan so'ng tanlashingiz kerak.
- Elektr tish cho'tkasi ultratovushli M 2000, kattalar va bolalar uchun, 3 ta nasadka
- Elektr tish cho'tkasi Sonic Toothbrush X-3, ultra ovozli, 6 rejim, 3 ta nasadkalar
- Elektr tish cho'tkasi + skaler irrigator 5 rejim
- Elektr tish cho'tkasi, ultratovushli tish cho'tkasi, 3 ta qo'shimchalar kiritilgan
Ishlash rejimlari
Elektr tish cho'tkalarining arzon modellari odatda 1-2 rejimda ishlaydi, ancha rivojlangan modellar esa foydalanuvchiga 4-5 tagacha tozalash rejimini taklif qiladi. Ulardan eng mashhurlarini ko'rsatib o‘tamiz.
Oqartirish - maxsus nasadkalardan foydalanish va tish yuvish vaqtini uzaytirish demakdir.
Ehtiyotkorona tozalash bolalar va qariyalarga mos. Shuningdek, tishlari sezgir foydalanuvchilar va stomatologik jarrohlikdan tuzalayotganlarga mo‘ljallangan. Tozalash jarayonida tebranish chastotasi past.
To‘liq tozalash og'iz bo'shlig'ining eng chekka joylaridagi karash va tish toshlaridan xalos bo'lishga yordam beradi. Kuchli dvigatel va yuqori tebranish chastotasiga ega qurilmalarda mavjud.
Tuklarning aniq harakatlari va past chastotali tebranishlari yordamida sayqallash usuli tishlarning jilosini tiklaydi va sirtini silliq qiladi.
Turli xil elektr tish cho'tkalarida turlicha rejimlar mavjud – masalan, tilni tozalash, karashni yo‘q qilish va milklarni parvarishlash.
Nasadkalar va qattiqlik darajasi
Elektr tish cho'tkasi jamlamasida bir nechta nasadka bo‘lishi mumkin. Agar oilaning bir necha a'zosi bunday cho'tkadan foydalansalar, nasadkalardan unumli foydalanish mumkin. Maxsus nasadkalar karashni samarali tozalaydi va tozalashni ehtiyotkorona qiladi.
Tish cho'tkasini tanlashda cho'tka tukining xom ashyosiga va qattiqlik darajasiga e'tibor berish kerak. Tuklar sintetik va tabiiy bo'lishi mumkin. Sintetik tukli cho'tkalar arzon turadi, tozalash ham oson.
Tish cho'tkalari qattiqlik darajasiga ko'ra to'rt turga bo'linadi: juda yumshoq, yumshoq, o'rtacha va qattiq. Birinchi va ikkinchisi bolalar va og'iz bo'shlig'i sezgir odamlar uchun mos keladi. O'rtacha qattiqlikdagi cho'tka ko'pchilikka to‘g‘ri keladi. Qattiq tukli cho‘tka esa tishlarini oqartirmoqchi bo'lganlar yoki karash muammolari borlar uchun foydali bo'ladi.
Quvvatlantirish manbai
Elektr tish cho'tkalari batareykalardan, qayta zaryadlanuvchi akkumulyator yoki to'g'ridan-to'g'ri tarmoqdan quvvatlanadi. Batareykali cho‘tka eng arzon va ixchami bo'ladi. Nasadka yuqori chastotada tebranmaydi, lekin sayohatlarda juda foydali narsa.
Akkumulyatorli tish cho'tkasi yuqori quvvatga ega, o‘zi chidamli. Zaryadlangandan so'ng bunday cho‘tka uzoq vaqt avtonom ishlashga qodir.
Tarmoqdagi elektr cho'tkalar quvvatni rozetkadan zaryadlovchi yordamida oladi. Bunday cho‘tkalar oilaviy foydalanish uchun juda qulay.
Qo'shimcha funktsiyalar
Asosiy funksiyalardan tashqari, elektr tish cho'tkalari, modeliga ko‘ra, turli foydali vazifalarni bajaradi.
Bosim sensori tishlarni tuklarning haddan tashqari faol ta'siridan himoya qilishga imkon beradi, agar cho‘tka tish emaliga qattiq bosim tushayotganini aniqlasa, sensor ishga tushadi.
Ishlash taymeri tozalash vaqtini kuzatish uchun mo'ljallangan. Taymer ma'lum muddatga qo‘yilishi mumkin, shundan so'ng ovozli signal eshitiladi.
Tozalash paytida LCD displey asosiy ko'rsatkichlarni ko'rsatadi. Displey orqali jarayonni boshqarish va foydalanuvchining xohishiga qarab, rejimni o'zgartirish imkoni mavjud.
Eskirish indikatori cho'tka tuklarining eskirish darajasini ko'rsatadi, eski nasadkani qachon yangilash kerakligini aniqlashga yordam beradi.
Bluetooth funksiyasi mobil ilova yordamida smartfon orqali cho'tkani boshqarish imkonini beradi. Uskuna parametrlarini masofadan kuzatishga yordam beradi.
Elektr tish cho'tkasini tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak
Elektr tish cho'tkasini tanlashda nimalarni e'tiborga olish kerakligini umumlashtiramiz va maslahat beramiz:
- bolalar va tish-milklari sezgir odamlar uchun mexanik cho'tka modellari mos keladi;
- ultratovushli tish cho'tkasini faqat stomatologik muammolari bo'lmagan foydalanuvchilar sotib olgani ma'qul;
- ko'pchilik uchun o'rtacha qattiqlikdagi nasadkalar mos keladi; qattiq nasadkalar faqat maxsus ko'rsatma asosida tanlanishi kerak;
- Oilaviy foydalanish uchun elektr tarmog'idan quvvatlanuvchi elektr cho'tka; sayohat uchun batareykali yoki akkumulyatorli cho‘tka sotib olgan ma'qul;
- nasadkalar soni va foydalanish rejimiga e'tibor bering – yanada rivojlangan cho'tkalar qimmatroq turadi.
Elektr tish cho'tkasini sotib olishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishni tavsiya etamiz. Cho‘tkadan qanchalik qulay foydalanishingiz, shuningdek, tozalash natijasi uskuna to'g'ri tanlanishiga bog'liq. Elektr tish cho'tkasi texnik uskuna bo‘lib, ishlab chiqarish nuqsonlari bo'lmasa, uni do'konga qaytarib bo'lmaydi.
Izoh qo‘shish