Innovatsiyalar va bank kartalarining kelajagi
Darsligimizning yakuniy bobi – bank kartalaridan foydalanishning eng zamonaviy usullari va kelajakda bizni kutayotgan yangiliklar haqida.
Kontaktsiz texnologiyalar
Kontaktsiz toʻlov – kartani terminalga kiritmagan holda oʻquvchi qurilmaga ulash kifoya boʻlgan usul — 20 yil oldin mumkin boʻldi. Dastlab, "havo orqali" faqat plastik bilan toʻlash mumkin edi. Keyinchalik, smartfon va boshqa gadjetlar yordamida xarid qilish imkoniyati qoʻshildi, bu esa sizga hamyoningizni kartangiz bilan uyda qoldirish imkonini beradi.
Oʻzbekistonda kontaktsiz toʻlovning uchta usulini koʻrib chiqaylik.
NFC orqali karta bilan toʻlash
NFC – bu Near field communication, "yaqin maydon aloqasi" deb tarjima qilinadi. Bu kontaktsiz toʻlovni aynan plastikning ichiga oʻrnatilgan NFC chipi ta'minlaydi. Buning yordamida tashuvchi — ya'ni karta va terminal oʻrtasida elektromagnit maydon hosil boʻlib, bu maydon ichida qurilmalar shifrlangan va himoyalangan ma'lumotlar yozilgan impulslarni almashadilar.
Kontaktsiz kartalar borasidda bir qator notoʻgʻri tushunchalar mavjud. Ularning eng "qoʻrqinchli" tomoni shundaki, firibgarlar uchun NFC li plastikdan pul oʻgʻirlash qiyin emas: goʻyo ular kartasi choʻntagida turgan odamning egniga terminalni qoʻyib, pulni yechib olishlari mumkin emish. Ammo bu notoʻgʻri fikr – uning sababi quyida.
- Birinchidan, choʻntagingizda yoki hamyoningizda faqat bitta karta boʻlishi kerak. Agar ularning yonida bir nechtasi boʻlsa, pulni yechib olish mumkin boʻlmaydi.
- Ikkinchidan, terminalni iloji boricha yaqin tutish kerak – buni bildirmay bajarish qiyin.
- Uchinchi, asosiy dalil. Agar firibgar terminalni qoʻlga kiritsa va boshqa odamning kontaktsiz kartasidan pulni yashirincha oʻgʻirlasa ham, operatsiyani kuzatish va unga e'tiroz bildirish mumkin. Gap shundaki, banklar terminallarni yuridik shaxslarga berishadi va ular boʻyicha operatsiyalarni kuzatishi mumkin. Terminal orqali hisobdan chiqarilgan mablagʻlar ma'lum bir yuridik shaxsning hisobvaragʻiga tushadi – bunday tranzaksiyani bank hisobotlarida koʻrish va firibgarni aniqlash mumkin.
Shunday qilib, kontaktsiz kartalar – qulay va xavfsiz vositadir.
Smartfon bilan toʻlash
Dunyoda keng tarqalgan Apple Pay va Google Paydan foydalanish O‘zbekistonda chiqarilgan kartalar uchun hozircha mavjud emas, ammo smartfon orqali xaridlar uchun to‘lovni amalga oshirish mumkin. Buning uchun gadjet Android operatsion tizimi asosida ishlashi va Near field communication nomli usulini qoʻllab-quvvatlashi kerak.
Smartfon yordamida toʻlovdan foydalanish uchun — uni karta oʻrniga terminalga qoʻying – funksiyani faollashtirish kerak: texnologiyani qoʻllab-quvvatlaydigan bank ilovasiga oʻting, kartani tanlang va NFC yoki "Kontaktsiz toʻlov" boʻlimidagi opsiyani ulang.
Smartfon bilan toʻlov internetsiz ishlaydi – kartani bogʻlash va funksiyani faollashtirishda tarmoqqa faqat bir marta kirish kerak. PIN-kod talab qilinmaydi – operatsiyalar xavfsizligi smartfon tomonidan ta'minlanadi: qurilmani blokdan chiqarish va kontaktsiz toʻlov uchun telefon paroli yoki biometrik ma'lumotlar kerak. Operatsiyani tasdiqlash uchun barmoq izini skanerlashingiz yoki sozlash paytida oʻylab topgan kodni kiritishingiz ham kerak boʻlishi mumkin, – u kartaning PIN-kodidan farq qiladi.
QR kodi bilan toʻlash
QR kodi kichik toʻrtburchak va kvadratlardan tashkil topgan kvadratga oʻxshaydi. Ushbu shakllarda ma'lumotlar kodlangan bo‘ladi. Bunday kodni skanerlash orqali siz saytga havolani ochishingiz, ilovani yuklab olish sahifasiga oʻtishingiz, mahsulot haqida maʻlumot olishingiz, shuningdek jismoniy bank kartasidan foydalanmasdan tezda pul toʻlashingiz mumkin.
QR kodi shunday koʻrinishda bo‘ladi. Bu Uzum Bank ilovasini yuklab olishga olib boradi. Rasm: uzumbank.uz
QR kodi bilan toʻlash uchun quyidagilar kerak:
- Funksiya mavjud boʻlgan bank/toʻlov ilovasini yuklab olish, shuningdek unga bogʻlangan bank kartasiga ega boʻlish.
- QR kodini "QR toʻlov" yoki shunga oʻxshash boʻlimdagi kamera yordamida skanerlash.
- Agar QR kodi statik boʻlsa, kartani tanlashingiz va oʻzingiz toʻlash uchun miqdorni kiritishingiz kerak boʻladi, unda qabul qiluvchining ma'lumotlari allaqachon shifrlangan bo‘ladi. Dinamik QR kodlari ham mavjud – xaridingiz miqdori darhol ekranda koʻrsatiladi.
- Toʻlovni tasdiqlash.
QR kodi xaridor tomonida ham yaratilishi mumkin. Keyin kassir uni shunday imkoniyat mavjud boʻlgan savdo nuqtalarida skanerlaydi. Supermarketlar va Uzum Bank tarmoqlaridan biri misolida jarayon quyidagicha boʻladi:
- Uzum Bank ilovasini oching.
- QR kodini yaratish uchun Uzum Pay boʻlimiga oʻting.
- Xarid uchun toʻlamoqchi boʻlgan kartani tanlang.
- Kodni kassirga koʻrsating.
Tayyor – toʻlov jismoniy kartasiz va PIN-kodini kiritmasdan amalga oshiriladi.
Mobil banking
Biz ushbu mavzuni turli boblarda koʻrib chiqdik, ilova orqali pul oʻtkazmalari yoki xizmatlar uchun toʻlovlarni eslatib oʻtdik. Bu yerda biz mobil bankingning asosiy tushunchalari va imkoniyatlari haqida qisqacha gapirib beramiz.
Mobil banking (mobil bank) – bu bank hisobvaraqlari va kartalarni planshet yoki smartfon orqali, maxsus ilova yordamida va ishlab turgan internet aloqasi yordamida boshqarishdir.
Ilovaga kirish uchun roʻyxatdan oʻtishingiz kerak. Odatda bu oddiy:
- ilovani yuklab oling;
- telefon raqamini kiriting va SMS-kod bilan ilovaga kirishni tasdiqlang; ba'zan siz bankda berilgan login yoki karta raqami bilan kirishingiz mumkin;
- shaxsiy ma'lumotlarni toʻldiring: familiya va ism, elektron pochta va boshqa soʻralgan ma'lumotlar;
- ilovaga kirish uchun parolni, agar kerak boʻlsa – kod soʻzini oʻylab toping va iloji boʻlsa, biometrik ma'lumotlar boʻyicha kirishni ulang.
Roʻyxatdan oʻtgandan keyingi qadam – bank kartasini uning rekvizitlari yordamida ilovaga qoʻshish. Ba'zi banklar ilovaga faqat oʻz brendi ostida chiqarilgan kartalarni ulashga ruxsat berishadi. Boshqalar, Uzum Bank singari, Oʻzbekistondagi har qanday bankning kartasini qoʻshish – va ilovaning barcha funksiyalardan foydalanish imkonini beradi.
Mobil bank nimasi bilan foydali boʻladi? Ilovaga va uni yaratgan tashkilotga bogʻliq. Imkoniyatlarning taxminiy roʻyxati:
- kartani chiqargan bank bunga imkon bersa, hisobvaraqning holatini kuzatib borish va tushumlar va chiqimlarni tekshirish;
- xuddi shu yoki boshqa banklarning mijozlariga, bitta mamlakat ichida yoki chet elda pul oʻtkazish;
- uy-joy kommunal xizmatlari, internet, mobil aloqa, oʻqish va bolalar bogʻchalari uchun toʻlovlarni toʻlash, shuningdek, bunday muntazam operatsiyalar uchun avtomatik toʻlovlarni ulash;
- jarimalar, soliqlarni toʻlash, kreditlar boʻyicha badallarni toʻlash;
- valyutani sotib olish;
- QR kodi boʻyicha xizmatlar va tovarlar uchun toʻlash va iloji boʻlsa NFC toʻlovlarini ulash;
- kartalarni boshqarish: bloklash va yangi kartaga buyurtma berish;
- agar siz notoʻgʻri kombinatsiyani bir necha marta kiritgan boʻlsangiz, kartaning PIN-kodini oʻzgartirish va uni qayta oʻrnatish;
- yaqin atrofdagi bankomatlar va bo‘limlar haqida ma'lumot olish, qoʻllab-quvvatlash markazi bilan bogʻlanish;
- boshqa mahsulotlarni roʻyxatdan oʻtkazish: omonatlarni, mobil hamyonlarni, kredit kartalarini ochish;
- keshbekni olish, bonuslar balansini kuzatib borish, toʻplangan keshbekni sarflash.
Mobil bank kartadan foydalanishni istalgan vaqtda, siz uchun kerakli joyda sodda va qulay qiladi. Ma'lumotlarni himoya qilishni unutmaslik kerak: murakkab parolni oʻylab toping, uni hech kimga aytmang, tasdiqlanmagan manbalardan ilovalarni oʻrnatmang va xavfli ijtimoiy tarmoqlar orqali mobil bankka ulanmang.
Kelajakdagi toʻlov texnologiyalari
Bank kartalari va mobil ilovalar 20 yil yoki undan koʻproq vaqt oldin aql bovar qilmaydigan narsalarni allaqachon amalga oshirdi. Va texnologiya bir joyda turmaydi. Kelajakda toʻlov sohasida bizni nima kutishi mumkin? Biz mutaxassislar tomonidan muhokama qilingan, allaqachon sinovdan oʻtayotgan, joriy qilinayotgan va tarqatilayotgan bir nechta trendlarni ulashamiz.
Tokenizatsiya. Toʻlov texnologiyalarida eng so‘nggi yangilik emas, lekin baribir kuchayib bormoqda - va juda foydali hisoblanadi.Tokenizatsiya paytida haqiqiy bank kartasi raqami tizim tomonidan maxsus algoritm yordamida yaratilgan “token” deb ataluvchi raqamga almashtiriladi — haqiqiy ma'lumotlar esa faqat foydalanuvchida saqlanadi va elektron hamyonlarda yoki internet servislarida koʻrsatilmaydi.
Masalan, sizning kartangizda 5555 5555 raqami va boshqalar mavjud. Siz ushbu raqamlarni marketpleysda toʻlash uchun kiritasiz. Tokenizatsiya paytida marketpleys tizim tomonidan yaratilgan boshqa karta raqamini saqlab qoladi - aytaylik, 5544 4444 va hokazo va pul hisobingizdan yechib olinadi. Bu nima uchun kerak? Shaxsiy ma'lumotlarning xavfsizligi uchun, chunki token faqat ma'lum bir do‘kon yoki to'lov xizmati bilan bog‘liq holda ishlaydi. Agar firibgarlar o‘sha marketpleysni buzib kirsa ham (bu juda qiyin), kartangizning haqiqiy ma'lumotlarini qo‘lga kiritolmaydi – va ulardan foydalana olmaydi.
Qurilmalar(narsalar) interneti. Karta o‘rniga terminalga ulangan telefon orqali xarid qilish hozirgi kunda hech kimni ajablantirmaydi. Soatlar, aqlli bilaguzuklar, kalit foblar va hatto uzuklardan foydalangan holda to'lovlar ham mavjud. Avtoturargoh, yoqilgʻi quyish shaxobchasi, pullik yoʻl uchun avtomatik ravishda toʻlaydigan avtomobil haqida nima deysiz?
Bunday mashina IoT – qurilmalar (narsalar) internetiga yaqqol misol bo‘la oladi. Ushbu tizimda nafaqat odamlar qurilmalar bilan ("narsalar"), balki "narsalar" ham bir-biri bilan o'zaro aloqada bo'lib, ma'lumot almashadilar. IoT yordamida aqlli dinamikka pul o‘tkazmasini bajarish yoki internet uchun to‘lov qilishni buyurishingiz mumkin, muzlatgich esa tugab qolgan mahsulotlarni yetkazib berishga buyurtma berishi va to‘lovlarni qilishi mumkin.
Biometriya. Ekran qulfini ochish uchun barmoq izini skanerlash yoki old kameraga qarash – zamonaviy qurilmalar egalari shu texnologiyadan foydalanadilar. Banklar va toʻlov tizimlari karta va hatto smartfonlarsiz tezkor toʻlovlar uchun biometrikani joriy etishga intilmoqda. Sohadagi yangiliklar – tabassum, qoʻl silkitish (Mastercard) da bunday opsiyalar 2022-yilda taqdim etilgan) va ovoz bilan toʻlash.
Banklar va toʻlov tizimlarining asosiy maqsadi – koʻplab kodlar va parollarni kiritmasdan toʻlovlar va pul oʻtkazmalarini tez, xavfsiz va uzluksiz qilishdir. Va siz ulardan hoziroq foydalanishingiz mumkin.
Darsligimiz oxirida – ma'lumotni mustahkamlash va biroz chalg‘ish uchun bonus mavjud. Testdan oʻtishni va qaysi karta egasi ekanligingizni bilib olishni taklif qilamiz.

Izoh qo‘shish