Bank kartasini mohirona boshqarish boʻyicha kurs
Bob 4 / 8

Bank kartasidan foydalanish

Sizda allaqachon karta bor — endi uning imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanishingiz va tranzaksiyalarni xavfsiz bajarishingiz lozim. Yangi bobda bu haqda toʻliqroq maʻlumot beramiz.

Kartaning asosiy funksiyalari

Bank kartalarining asosiy vazifasi pul mablagʻlarini xavfsiz saqlash va ulardan istagan vaqtda foydalanishdir. Keling, ular yordami bilan nimalar qilishingiz mumkinligini batafsil koʻrib chiqaylik.

Oflayn xaridlarni amalga oshirish

Toʻlov terminallari mavjud boʻlgan doʻkonlar, kafelar, yoqilgʻi quyish shoxobchalari va boshqa savdo nuqtalarida. Kartadan foydalanish toʻlov jarayonini tezlashtiradi, naqd pul olib yurmaslik va qaytimlarni tekshirmaslik imkonini beradi. Umuman xarajatlarni nazorat qilish ham karta bilan osonroq — balansdagi oʻzgarishlar bankning mobil ilovasida aks ettiriladi va pulni yechib olish va qabul qilish haqidagi maʻlumotlarni SMS yoki push-bildirishnomalar orqali olish mumkin.

Onlayn xaridlarni amalga oshirish

Agar oflayn xaridlar uchun jismoniy karta va PIN-kod kerak bo'lsa, onlayn xarid qilish uchun  uning rekvizitlari: karta raqami, egasining ismi, amal qilish muddati va uch xonali xavfsizlik kodi (CVC yoki CVV kodi deb ham ataladi) — ba'zan esa kamroq ma'lumot talab qilinadi. Operatsiyani tasdiqlash uchun kartani chiqargan bankning bildirishnomasidagi kodni ham kiritishingiz kerak bo'ladi.

Xizmatlar uchun toʻlovlar

 Uy-joy kommunal xizmatlari, mobil aloqa, Internet, jarimalar, onlayn kinoteatrlarga obuna bo'lish, kredit to'lovlari va boshqalar. Ularga bir martalik to'lov qilish  mumkin — xizmat ko'rsatuvchi provayderning veb-saytida yoki turli mobil ilovalar orqali xuddi o‘sha xizmat ko'rsatuvchi provayder yoki bankdan. Yana bir variant — kartadan davriy ravishda (oylik yoki kerak bo'lganda) avtomatik toʻlov deb ataluvchi sozlamani o‘rnatish – bu haqda keyinroq gaplashamiz. Bu variantlarning barchasi vaqtni sezilarli darajada tejashga yordam beradi.

Naqd pul yechib olish

Agar sizga naqd pul kerak boʻlsa, uni bankomat yoki bank kassasidan yechib olishingiz mumkin. Odatda kartani chiqargan bankning bankomat va kassalaridan foydalanish eng foydali hisoblanadi, aks holda komissiya toʻlashingiz kerak bo‘lishi mumkin.

Bankomatdan pul mablag'larini olish uchun kartani maxsus teshikka – kartriderga kiriting, PIN-kodni, so'ngra kerakli miqdorni kiriting, pul va kartani oling. 

Baʻzi bankomatlar NFC texnologiyasi bilan jihozlangan, yaʻni ular kontaktsiz ishlashni qoʻllab - quvvatlaydi — ularni kartada boʻlgani kabi toʻrtta egri chiziqli belgi bilan tanib olish mumkin. Bunday holda, kartani kontaktsiz zonaga tekkizish kifoya, uni kartriderga kiritishning hojati yoʻq. Bu sizga kartani qoʻlingizda ushlab turish va plastikning bankomatda qolib ketish xavfini bartaraf etish imkonini beradi.

Pul oʻtkazmalarini amalga oshirish

Oʻzbekistonda yoki chet elda, masalan, Qozog‘istonda boshqa oluvchiga pul oʻtkazish oflayn-rejimda ham amalga oshirilishi mumkin — ammo bankka kelish uchun vaqt sarflash, shuningdek, uning boʻlimi bayram kunlari, dam olish kunlari, kechki vaqt sababli yopilishi mumkinligini hisobga olish kerak. Karta va bank ilovasi yordamida pul oʻtkazmalari 24/7 rejimida mavjud – siz istagan vaqtda pul olishingiz yoki yuborishingiz mumkin.

Valyutani sotib olish

Karta va bank ilovasi yordamida ushbu protsedura uchun boʻlimga yoki ayirboshlash shoxobchasiga borishingiz shart emas – hamma narsani onlayn qilish mumkin. Birgina cheklov – dollar yoki yevroni oʻtkazish uchun valyuta hisobvarag‘i kerak.

Bonuslarni olish

Mijozlarni jalb qilish uchun banklar va toʻlov tizimlari naqd pulsiz xarid qilishni va kartadan foydalanishni yanada foydali qiladigan sodiqlik dasturlari haqida oʻylashadi. Bu imtiyozlar orasida xaridlar uchun keshbek yoki boshqa bonuslar, qoldiqqa foizlar (ya'ni hisobdagi mablag‘larga) yoki odatda premium kartalar uchun – tanlangan do‘kon va restoranlarda chegirmalar, aeroport biznes zallariga bepul yo‘llanmalar, sug‘urta va hokazolarni o‘z ichiga olishi mumkin. Karta olish uchun ariza topshirishdan oldin bank unga qanday imtiyozlar taklif qilayotganini tekshiring va uni boshqa kartalar imkoniyatlari bilan solishtiring.

Muntazam toʻlovlar va avtomatik toʻlovlar

Biz uyali aloqa, servislarga obuna boʻlish, uy-joy kommunal xizmatlari kabi baʻzi xizmatlarni muntazam ravishda, koʻpincha har oyda toʻlaymiz. Kartalar va bank dasturlari yordamida siz bunday operatsiyalarni nafaqat tez va uydan chiqmasdan, balki avtomatik ravishda — sizning ishtirokingizsiz ham amalga oshirish mumkin. Buning uchun avtomatik toʻlovlar mavjud.

Avtomatik toʻlov – bu sizning kartangizdan maʻlum bir vaqtda yoki toʻlov hujjatini berish fakti boʻyicha ma'lum miqdordagi muntazam toʻlovlarni amalga oshiradigan xizmat. Har safar karta ma'lumotlarini, miqdorini, qabul qiluvchining tafsilotlarini kiritishingiz va toʻlovlar jadvalini eslab qolishingiz shart emas — toʻlov avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

Avtomatik toʻlovni quyidagicha sozlash mumkin:

Xizmatlarni taqdim etadigan servis sayti yoki ilovasida. Masalan, onlayn-kinoteatr saytida. Bunday holda, xizmatdan foydalanish uchun servis saytida roʻyxatdan oʻtasiz, obuna sotib olasiz, karta maʻlumotlarini bir marta kiritasiz — va har oyda (yoki har chorakda, yiliga bir marta – variantlar turlicha bo‘lishi mumkin), kartadan obuna miqdori hisobdan chiqariladi.

 Avtomatik to'lovlar qilishning boshqa variantlari mavjud: belgilangan sanada emas, balki balans nolga yoki belgilangan minimal chegaraga yetganda ma'lum miqdorda avtoto‘lov o‘rnatish.

Ilovada yoki bank saytida. Bunday holda, siz qaysi toʻlovni avtomatik ravishda amalga oshirishni istashingizni oʻzingiz hal qilasiz. Shu tarzda quyidagilarni ham sozlash mumkin:

  • uy-joy kommunal xizmatlari uchun toʻlov;
  • uyali aloqa, internet uchun toʻlov;
  • yaqinlaringizga pul oʻtkazmalari;
  • xayriya tashkilotlariga pul oʻtkazmalari;
  • kreditni toʻlash uchun pul oʻtkazmalari va boshqa xizmatlar.

Avtomatik toʻlovni sozlash bank ilovasining qurilmasiga bogʻliq. "Avtomatik toʻlovlar" boʻlimini topib, koʻrsatmalarga rioya qilishingiz yoki operatsiyani amalga oshirib, keyin "shablonni saqlash" / "muntazam qilish" va hokazo tugmachalarni bosish — keyin miqdor va davriylikni tanlash kerak boʻlishi mumkin.

Avtomatik toʻlovlar muntazam maishiy operatsiyalarga vaqt sarflash zaruratini yoʻq qiladi – bu ularning asosiy qulayligi. Xizmatdan foydalanish qulay boʻlishi uchun bir nechta oddiy tavsiyalarga amal qilishingiz kerak.

  • SMS yoki ilova orqali hisobdan pul yechilishini kuzatib boring. Bu, obuna miqdori oshganligini, mablagʻ yetishmasligi sababli toʻlovning oʻtmaganligini yoki boshqa nostandart vaziyat yuzaga kelganligini koʻrishga yordam beradi. 
  • Agar qabul qiluvchining rekvizitlari oʻzgargan boʻlsa, ularni yangilash kerak — shunday qilib, pul yangi, toʻgʻri "manzil"ga oʻtkaziladi.
  • Siz avtomatik toʻlov sanasini oldindan belgilashingiz mumkin. Agar har oyning 10-kunida internet uchun pul toʻlashingiz kerak boʻlsa, avtomatik toʻlov uchun 7 yoki 8 sonini tanlang – agar pul oʻtkazmasi kechikish bilan amalga oshadigan boʻlsa.
  • Agar avtomatik toʻlovlar kerak boʻlmasa, ularni oʻchirib qoʻyishni unutmang.

Doʻkonlarda va internetda kartadan xavfsiz foydalanish

Banklar va toʻlov tizimlari foydalanuvchi maʻlumotlari va mablagʻlarining xavfsizligini ta'minlovchi usullar haqida bosh qotiradi — buning uchun PIN-kodlar, kartalardagi chiplar, hisobdan pul yechilgani va to‘ldirilganini tasdiqlovchi SMS-xabar va push-bildirishnomalar yaratilgan va ishlatiladi. Shuningdek, bank yoki toʻlov tizimi – kartadagi operatsiya shubhali tuyulsa, – uni mijozning manfaati uchun toʻsib qoʻyishi va shu bilan firibgarlikni toʻxtatishi mumkin. 

Ammo koʻp narsa foydalanuvchining oʻziga ham bogʻliq. Baʻzida odamlar bank kartalaridan foydalanishda yoʻl qoʻyadigan keng tarqalgan xatolar haqida mutaxassislar gapirib beradi.

"Karta bilan bogʻliq muammolarning eng keng tarqalgan sababi shundaki, ko‘pchilikda PIN-kodni sir saqlash odati hali rivojlanmagan. Kimdir uni qog‘ozga yozib qo'yadi, kimdir kartaning o'ziga qirib yozadi. O‘zbekistonda kartalar endi chiqarila boshlanganida, bankomatlarda yoki terminallarda PIN-kodni mustaqil ravishda oʻrnatish imkoniyati yo‘q edi. Berilgan PIN-kodni eslab qolish kerak edi.

Mijozlarga u vaqtlarda moliyaviy xavfsizlikning asosiy qoidalarini oʻrgatilmasdi: PIN-kodni sir saqlash, karta yoʻqolganda qanday harakat qilish kerakligi haqida va hokazo. Savdo nuqtalaridagi kassirlarga ham mijoz kartaning kodini oʻzi kiritishi kerakligi, uni soʻrash umuman notoʻgʻri ekanligi haqida xabar berilmagan.

Soʻnggi yillarda internetda onlayn-xaridlarni amalga oshirishda firibgarlikning har xil turlari tobora kuchayib bormoqda. Sxema quyidagicha: biror kishi kimdir bilan biror narsani sotib olish toʻgʻrisida kelishib oladi, "sotuvchi" "xaridor"dan karta maʻlumotlarini soʻraydi, goʻyo toʻlovni tasdiqlash uchun zarur boʻlgan SMS dagi raqamlarni aytishni soʻraydi, – va shu bilan firibgarlar "xaridor"ning mablagʻlariga yo‘l ochiladi.

Telefon firibgarligining har xil turlari mavjud. Firibgarlar bank yoki toʻlov ilovalari xodimlari niqobi ostida odamlarga qoʻngʻiroq qilishadi va karta egalarining maʻlumotlarini firibgarlik bilan olishga harakat qilishadi.

Bundan tashqari, koʻplab soxta bank saytlari mavjud. Masalan, siz soxta, juda oʻxshash saytga kirishingiz mumkin. Unda hamma narsa xuddi bank sayti bilan mutlaqo bir xil koʻrinadi. Ammo haqiqiy bank, masalan, kreditni 30%lik stavka bilan bersa, firibgarlar 3%lik stavka bilan beradi. Koʻp odamlar bunday saytlarni ko‘rish uchun o‘tishadi, havolalarni bosishadi, karta ma’lumotlarini kiritishadi va qanday qilib pulsiz qolishganini sezishmaydi ham."

Elzara Gabitova
Banklar bilan ishlash bo‘yicha menejer, Mastercard kompaniyasi

"Shu bilan birga, kartalar xavfsizligida naqd pulga nisbatan sezilarli ustunlik mavjud. Agar hamyon oʻgʻirlangan yoki yoʻqolgan boʻlsa, naqd pul bir umrga yoʻqoladi. Agar karta boʻlsa, uni mustaqil ravishda mobil ilovada yoki bankka qoʻngʻiroq qilib bloklash mumkin".

Svetlana Iglinskaya
Karta mahsulotlarini rivojlantirish bo‘yicha direktor, Mastercard kompaniyasi

Pulni saqlab qolish va uni faqat siz tasarruf eta olishingiz uchun qanday qoidalarga rioya qilish muhim, – qisqa chek-listda aytib beramiz.

Karta xavfsizligi uchun yettita asosiy qoida:

  • Kartangizni begonalarning qoʻliga bermang. Garchi uni siz muntazam ravishda borib turadigan kafedagi tanish ofitsiant soʻrasa ham. Firibgarlar kartani suratga olishlari yoki uning tafsilotlarini yozib olishlari – va undan keyin uni onlayn-xarid qilishda foydalanishlari mumkin.
  • PIN-kodni oʻzingiz kiriting. Uni kassadagi xodimlarga aytmang, terminalda kombinatsiyani oʻz qoʻlingiz bilan kiriting. Begona odamlar kod raqamlarini koʻra olmasligi uchun klaviaturani qoʻlingiz bilan yopishingizni maslahat beramiz.
  • PIN-kodni hamyoningizda qogʻoz varagʻida yoki kartada saqlamang. Agar PIN-kodi ma'lum karta yoʻqolsa, firibgarlar undagi barcha pullarga ega boʻladilar.
  • Murakkab PIN-koddan foydalaning. Maxfiy kod sifatida 0000, 1111, 1234 kabi oddiy kombinatsiyalarni, kartaning oxirgi toʻrtta raqami, tugʻilgan sanangizni tanlamang. Yaxshisi, turli xil kartalar uchun har xil PIN-kod o'rnating. Kodni tez-tez bank ilovasida, karta sozlamalarida oʻzgartirishingiz mumkin.
  • Karta ma'lumotlarini, SMS-kodni hech kimga aytmang. Hech qanday bahona bilan — tovarlarni sotib olish yoki sotishni tasdiqlash uchun, pul oʻtkazish uchun, foyda va'da qilingan boʻlsa ham aytmang. Faqat karta raqamini xabar qilish xavfsizdir – u orqali sizning nomingizga pul oʻtkazish mumkin. Kartaning amal qilish muddati, karta egasining ismi, orqa tomonidagi kodi, PIN-kod va xaridni tasdiqlash uchun SMS-kod faqat sizga maʻlum boʻlishi kerak.
  • Noma'lum raqamlardan qoʻngʻiroqlar va xabarlarga ishonmang. Hattoki qo‘ng‘iroq qilgan odam oʻzini bank xodimi yoki huquqni muhofaza qilish organlari xodimi qilib tanishtirib, SMS-kodda yoki messenjerda sizga katta yutuq va'da qilingan xabar kelsa ham. Agar suhbatdosh yoki xabar yuboruvchi kartangiz rekvizitlarini bilishga astoydil harakat qilsa, suhbatni toʻxtating, — bu firibgarlar.
  • Karta maʻlumotlarini kiritgan saytlarning haqiqiyligini tekshiring. Firibgarlar kredit tashkilotlari, doʻkonlar, tovarlarni sotish maydoncharini soxtalashtirishi mumkin. Siz soxta saytni matndagi xatolar, internet-resurs manzilidagi qoʻshimcha harflar va raqamlar, ishonib boʻlmaydigan foyda orqali aniqlashingiz mumkin. Bunday saytlarda karta maʻlumotlarini kiritmang va ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardan shubhali havolalar orqali oʻtmang.

Karta operatsiyalaridan doimo xabardor boʻlish uchun bankdan SMS- yoki push-xabarnomalarini ulang. Agar siz qilmagan xaridlar toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrsangiz yoki kartangizni yoʻqotganingizni tushunsangiz, uni darhol bloklang. Buni ilovada, koll-markaz yoki bank boʻlimi orqali amalga oshirish mumkin.

"Mijoz aldov qurboni boʻlganini anglab yetgach, zudlik bilan oʻz bankiga murojaat qilishi kerak:

  • uning hisobidan juda kichik miqdorda pul yechilgan bo‘lsa ham (ba'zan firibgarlar avvaliga kartada pul bor-yo‘qligini tekshirib olishadi);
  • agar bunday xavf yuzaga kelsa, masalan, karta egasi karta ma'lumotlarini telefon orqali uchinchi shaxslarga oshkor qilgan bo‘lsa;
  • agar biron bir shubhali narsa yuz bera boshlasa: mijoz amalga oshirmagan internet-toʻlovlarni tasdiqlash uchun parollar yozilgan xabarlar yoki egasi hech narsa bilmaydigan muvaffaqiyatsiz operatsiyalar (notoʻgʻri PIN, notoʻgʻri xavfsizlik kodi yoki yetmaydigan mablagʻ) haqida ogohlantirishlar kelsa.

Asosiysi – kartani bloklash uchun imkon qadar tezroq bank bilan bog'lanish. Bundan tashqari, agar pul allaqachon hisobdan chiqarilgan va mijoz tranzaksiyalarga e'tiroz bildirmoqchi bo'lsa, xodimlar sizga nima qilish kerakligini aytib berishadi".

Svetlana Iglinskaya
Karta mahsulotlarini rivojlantirish bo‘yicha direktor, Mastercard kompaniyasi

Biz ham sizga kartani turli sabablarga koʻra bloklash va pulni qaytarish imkoniyati haqida aytib beramiz. Bu haqda – keyingi boblarda.

Bank kartasi orqali toʻlov

  • Karta bilan operatsiyalar yuritish xususiyatlari
  • Toʻlovlarni qaytarish va bahsli operatsiyalar
  • Komissiyalar va cheklovlar

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments