
Yaponcha sho‘rva, chili kon karne va guruchli kotletlar: makkajo‘xoridan 3 xil oddiygina kunlik taom
Tashqari sovuq, xira bulutli va muzday yomg‘ir yog‘ayotgan paytda uydan sira chiqqingiz kelmaydi. "Bonduelle" makkajo‘xorisidan tayyorlangan uch xil xushbo‘y taomni sevimli romantik komediya yoki yangi serial tomosha qilish paytida iste’mol qilib, isinishni taklif qilamiz. Do‘stlaringizni chaqiring yoki bir kishilik kecha uyushtirib, chili kon karne, makkajo‘xori sho‘rvasi yoki guruchli kotletlar bilan mehmon qiling.
Chili kon karne
Meksika oshxonasining mashhur taomi bo‘lib, uning nomi "go'shtli chili" deb tarjima qilinadi. U ziravorlar bilan boyitilgan quyuq go‘sht aralashmasidan iborat bo‘lib, uni yopgan non yoki nachos bilan tortishadi. Agar o'tkir taomlarni yoqtirsangiz, chili kon karne aynan siz uchun.
2 porsiya uchun kerak bo‘ladigan masalliqlar:
- Mol go'shti qiymasi - 800 g
- Pomidorlar - 8 dona.
- Qizil bulg'or qalampiri - 2 dona.
- Konservalangan makkajo‘xori - 6 osh qoshiq.
- Chili qalampiri - 2 dona.
- Piyoz - 2 dona.
- Zaytun yog'i - 4 osh qoshiq.
- Sarimsoq - 2 bo'lakchasi.
- Tuz – ta'bga qarab.
Tayyorlanish usuli:
- Piyoz, sarimsoq va bulg‘or qalampirini mayda to‘g‘rab, zaytun yog'ida qovuring.
- Mol go'shti qiymasini qo'shing va hammasini 10 daqiqa davomida qovuring, kapkirda aralashtirib turing.
- Pomidor va chili qalampirini mayda kubiklarga kesib oling va go'shtga qo'shing. Aralashmani yana 10 daqiqa davomida yuqori olovda qovurishda davom eting.
- Makkajo‘xorini qo‘shing va qopqog‘i ochiq holda yana 5 daqiqa pishiring. Bu ortiqcha suyuqliklar bug‘lanib, bir xil bo‘lishiga yordam beradi. Keyin olovni o‘rtacha darajaga tushiring, tuz seping va qopqoqni yopib, yana 10-15 daqiqa dimlab qo'ying.
- Katta idishda nachos chipslari yoki nonga qo‘shib dasturxonga torting.
Bonduelle makkajo‘xorisini sotib olish
Yaponcha makkajo‘xori sho‘rvasi
Ko‘p masalliq talab qilinmaydigan va tez tayyorlanadigan xushbo‘y taom. Kremsimon tuzilishi, shirin ta'mi va makkajo‘xorining yorqin tusi yomon ob-havoda tanangizga issiqlik ulashadi. Agar yumshoq, qaymoqli ta'mlarni yaxshi ko‘rsangiz, albatta tatib ko‘ring.
2 porsiya uchun kerak bo‘ladigan masalliqlar:
- Konservalangan makkajo‘xori – 400 g.
- Sut - 500 ml
- Sariyog‘ - 2 osh qoshiq
- Piyoz - 1 dona
- Un - 1 osh qoshiq
- Tovuq yoki sabzavotli sho‘rva - 300 ml
- Tuz va qora murch - ta'bga qarab
- Petrushka yoki ko‘k piyoz - bezatish uchun
Tayyorlanish usuli:
- Piyozni mayda kubiklar shaklida to‘g‘rang va sariyog‘da qovuring.
- Makkajo‘xorini qo‘shib, aralashmani yanada xushbo‘y bo‘lishi uchun yana 3-4 daqiqa davomida qovuring.
- Un soling, yaxshilab aralashtiring va yana bir daqiqa pishiring.
- Bulyonni quyib, qaynaguncha isiting, keyin olovni pasaytirib 10 daqiqa davomida qaynating.
- Qozonni olovdan oling, ichidagilarni blenderda kremsimon holatga kelguncha maydalang.
- Sho‘rvani yana plitaga qo‘ying, sut quying, tuz va murch seping, aralashtiring va qaynatib yubormasdan isiting.
- Sho‘rvani ko‘katlar bilan bezab, qarsildoq non yoki krekerlar bilan dasturxonga torting.
Makkajo‘xori va tovuq solingan guruchli kotletlar
Nafaqat kattalarni, balki bolalarni ham hayratga solishi mumkin bo‘lgan yengil taom. Ko‘p ziravorlar qo'shmasdan tayyorlanadigan bu taom usti qarsildoq, ichi esa mayin tuzilishga ega bo‘lgani uchun bolalarga ham yoqadi. Aytgancha, bir yo‘la bir nechta kotlet tayyorlab, ularni muzlatib qo‘yish mumkin. Shunda bir necha hafta davomida tovada tezda qizdirib, mazali taomdan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
2 porsiya uchun kerak bo‘ladigan masalliqlar:
- Tovuq oyoqchalari - 4 dona.
- Guruch - 400 g
- Tuxum - 4 dona.
- Ko‘k piyoz - 8 ta dona
- Talqon - 200 g
- O‘simlik yog‘i - 6 osh qoshiq
- Tuz - ta'bga ko‘ra
Tayyorlanish usuli:
- Guruchni yaxshilab yuving va 1 stakan guruchga 2 stakan suv nisbatida pishiring. Shunda u yanada sochilib chiqadi.
- So‘ngra sovutib, idishga soling va makkajo‘xori bilan aralashtiring.
- Piyozni diagonal bo'yicha to‘g‘rang, bezash uchun ozgina qoldirib, qolganini guruchga qo‘shing.
- Guruch aralashmasiga tuxum qo‘shib, tuz seping, yaxshilab aralashtiring va qo‘lda yoki maxsus qolipchalar yordamida kotletlar yasang.
- Kotletlarni o‘simlik yog‘ida har tomonidan 5 daqiqadan qovuring.
- Boshqa bir idishda ikkinchi tuxumni chaqib ko‘pirtiring. Tovuq boldirlarini avval tuxumga, keyin talqonga bulang.
- Tovuqni o‘simlik yog‘ida o‘rtacha olovda har tomonidan 4-5 daqiqa davomida qovuring.
- Ustiga to‘g‘ralgan ko‘k piyozdan sepib dasturxonga torting.
Izoh qo‘shish