
Bolalarga internetdagi xavfsizlik haqida qanday gapirish kerak: 10 ta qoida
Internet bolalarga ilm o'rganish va o'yin-kulgi uchun ko‘plab imkoniyatlarini taklif qiladi, ammo onlayn dunyoda ham xavflar talaygina. Shu sabab, bolangizga xavfsizlik qoidalari va Internetda mas'uliyatdan bilan harakat qilishni o'rgatish muhim – bu uni ehtimoliy tahdidlardan himoya qilishga yordam beradi. Ushbu maqolada biz bolalarga Internet dunyosini xavfsiz o'rganishga yordam beradigan 10 ta asosiy qoidalarni ulashamiz.
Parollarni birovga aytish mumkin emas.
Bolajoningizga smartfoni uchun eslab qolish oson, lekin buzib kirish qiyin bo'lgan parol o‘ylab topishiga yordam bering. Misol ucahun, 1234567 yoki tug'ilgan kuni yaxshi parol emas, chunki ularni taxmin qilib topish oson. Parollarni qog'ozga yozish yoki do'stlarga yuborish mumkin emas.
Internetda begonalar bilan gaplashmaslik kerak
Farzandingizga keraksiz kontaktni qanday bloklashni ko'rsating. Qanday hollarda bu zarurligini tushuntiring: agar notanish odam yozsa va u bilan tanishishni xohlasa, uchrashishni taklif qilsa, biror narsa olishni yoki berishni so'rasa, shaxsiy ma'lumotlarni, ota-onalar haqida ma'lumot so'rasa yoki karta raqamini yuborishni talab qilsa.
Notanishlardan kelgan fayllar va havolalarni ochmaslik kerak
Agar do'stlar yoki noma'lum jo'natuvchilar farzandingizga "g'alati" havola yoki faylni yuborgan bo'lsa, uni bosmaslik yoki bunday fayllarni yuklab olmaslik kerak. Ularga firibgarlar yaqinlari nomidan harakat qilishlari mumkinligini ayting.
Boshqa odamlar tasviri bor fotosuratlar va videolarni joylashtirish mumkin emas
Agar bola Internetda fotosurat joylashtirmoqchi bo'lsa, u har qanday foydalanuvchi ularni ko'rishi mumkinligini bilishi kerak. Boshqa odamlarning fotosuratlari yoki videolarini ularning ruxsatisiz joylashtira olmasligini tushuntiring.
Qo'pollik yoki haqoratga o‘rin yo'q
Bolaga so'zlari xafa bo'lishi yoki tegib ketishi mumkin bo'lgan haqiqiy odamlar bilan muloqot qilayotganini tushuntirish muhimdir. Unga onlaynda boshqalarni hurmat qilishni va shaxsan bilganlari bilan muloqot qilishi lozimligini eslating.
Shaxsiy ma'lumotlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish
Notanish odamga bolani real hayotda topishga yordam beradigan ma'lumotni Internetda oshkor qila olmaysiz. Internetdagi notanish raqamlarga telefon raqamingiz, elektron pochta manzilingizni ko'rsatmasligingiz yoki xabar yubormasligingiz kerak.
Telefon va noutbuk nazorat ostida bo'lishi kerak
Notanish odamlar farzandingiz nomidan xabarlar yuborishi, parollar yoki boshqa muhim maʼlumotlarni qurilmangizdan nusxalashi mumkin. Bolangizning qurilmasini bir necha daqiqa ishlatilmasa, avtomatik ravishda qulflanadigan qilib sozlab qo‘ying.
Birovlarning ishlaridan ularning ruxsatisiz nusxa ko'chirish mumkin emas.
Har bir rasm, video yoki musiqaning o‘z muallifi bor – nashr qilayotganda uni ko'rsatish muhimdir. Birovning ishini o'zingniki qilib ko'rsatmaslikka kerak. Bu o'g'irlik hisoblanishi va jarimaga olib kelishi mumkin.
Farzandingizni Internetda yozilgan hamma narsaga ishonmaslikka o'rgating.
Turli manbalardan olingan ma'lumotlarni tekshirishni odatga aylantiring. Katta chegirmalar va lotereyalarga ishonmang – bunday reklamalar ko'pincha firibgarlar tomonidan nashr etiladi.
Ishonchli munosabatlar o'rnating
Farzandingizga har qanday voqea haqida kattalarga aytishdan qo'rqmaslik kerakligini eslatib turing. Agar shubhali xabarlarni olsa, biror narsa uni xavotirga solsa yoki savollar tug'dirsa, kattalar bilan bog'lanish juda muhim – ular hamma narsani aytib berishadi va onlayn makonni qiziqarli va xavfsiz qilishga yordam berishadi.
Izoh qo‘shish