bosh sahifa / Sarflash va tejash / Bazaviy hisoblash miqdori: bu nima va qanday qo‘llaniladi
Базовая расчётная величина: что это такое и как применяется
Yangilanish sanasi: 08.11.2024

Bazaviy hisoblash miqdori: bu nima va qanday qo‘llaniladi

2019-yilning 1-sentyabrigacha moliyaviy-ijtimoiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda eng kam ish haqi miqdori (EKIHM) qo‘llanilgan. Keyinroq uchta yangi birlik joriy etildi: bazaviy hisoblash miqdori (BHM), mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM) va pensiya hisoblashning bazaviy miqdori (PHBM). Ushbu o‘zgarishlar Prezident Farmonida qayd etilgan bo‘lib, u bilan lex.uz saytida tanishib chiqish mumkin.

Business Explorer QK rahbari, 20 yillik stajga ega buxgalter Anna Ufimseva bilan birgalikda BHM va boshqa ko‘rsatkichlarning nima ekanligi hamda ular qayerda qo‘llanilishini ko‘rib chiqamiz.

Bazaviy hisoblash miqdori nima

Bazaviy hisoblash miqdori (BHM) — bu turli moliyaviy ko‘rsatkichlarni hisoblashda qo‘llaniladigan birlik. O‘zbekiston Respublikasi hukumati har yil BHM qiymatini belgilaydi.

2024-yil 1-oktyabrdan O‘zbekistonda 1 BHM 375 000 so‘mga teng. Bu haqidagi qaror Respublika Prezidenti tomonidan imzolangan bo‘lib, u bilan lex.uz saytida tanishib chiqish mumkin.

BHM quyidagilarni hisoblashda qo‘llaniladi:

  • litsenziyalar, patentlar hamda qandaydir biznes turi bilan shug‘ullanish uchun amalga oshiriladigan boshqa to‘lovlar
  • soliqlar, bojlar, jarimalar va davlat xizmatlari uchun boshqa to‘lovlar;
  • mikrokreditlarning maksimal qiymati, lizing va boshqa moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar;
  • tashkilotlarning ustav kapitali qiymati;
  • pul bo‘lmagan vositalar bilan to‘lanadigan aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar qiymati;
  • davlat mukofotlari, shuningdek unvonlar uchun to‘lanadigan idoraviy mukofotlar qiymati;
  • avvallari eng kam ish haqi miqdori (EKIHM) bo‘yicha hisoblangan boshqa to‘lovlar.

Masalan, BHM bo‘yicha jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq bo‘yicha deklaratsiya o‘z vaqtida yoki umuman taqdim etilmaganida belgilanadigan jarimalar hisoblanadi. Bunday qoidabuzarlik uchun 1-3 BHM jarima solinadi. Agar belgilangan muddatda soliq yoki to‘lov amalga oshirilmasa, jarima  BHM ga teng bo‘ladi.

Pullarni oqilona boshqarishni istaysizmi? Telegram kanalimizda — ish beradigan maslahatlar bor!

Qo‘shilish

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM) — bu respublikadagi eng kam ish haqining chegarasi. Shuningdek, MHTEKM — birinchi razryad bo‘yicha oylik tarif stavkasining summasidir.

2024-yil 1-sentyabrdan O‘zbekistonda MHTEKM 1 155 000 so‘mga teng.

Agar ishchi o‘z mehnat majburiyatlarini to‘liq bajarsa, ish beruvchi unga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravaridan kam ish haqini to‘lashga haqli emas. Ushbu talab yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari, barcha ish beruvchilar uchun majburiy hisoblanadi. Agar ishchi ishbay asosda ish haqi oladigan bo‘lsa, u amalda bajarilgan ishlar asosida hisoblanadi va MHTEKM dan kam bo‘lishi mumkin emas.

MHTEKM yordamida quyidagilar hisoblanadi:

  • shtat jadvalidagi har bir lavozim bo‘yicha ish haqi miqdori;
  • rag‘batlantiruvchi to‘lovlar miqdori: gonorar, ustama, qo‘shimcha to‘lovlar, ortiqcha ishlaganlik uchun kompensatsiya;
  • ijtimoiy yordamga muhtoj deb tan olish uchun oila daromadi;
  • ishsizlik bo‘yicha nafaqa miqdori.

MHTEKM asosida, masalan, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki I va II guruh nogironligi bo‘lgan fuqarolar o‘zlarining JSHDS to‘lashi kerak bo‘lgan daromadlarini qancha miqdorga kamaytirishlari mumkinligi hisoblanadi. Ular o‘z daromadidan MHTEKM uch baravarini ayirib, qolgan summadan soliq to‘laydilar.

2024-yilda O‘zbekistondagi o‘rtacha ish haqi

O‘rtacha ish haqi — bu mehnatga haq to‘lashning o‘rtacha hisoblangan summasi bo‘lib, u o‘z ichiga oylik ish haqi, ustamalar, mukofotlar, rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, ortiqcha ishlangan vaqt uchun kompensatsiyalarni oladi. Ko‘rsatkichni hisoblash uchun yuridik shaxslarning ma'lumotlari olinadi. Jami hisoblangan ish haqi summasi barcha ishchilarning o‘rtacha ro‘yxat soniga va ko‘rsatkich hisoblanayotgan davrdagi oylar soniga bo‘linadi. Shu tariqa, Respublikadagi o‘rtacha ish haqi ko‘rsatkichi olinadi.

“O‘rtacha ish haqi = mehnatga hal to‘lash jamg‘armasi / ishchilarning o‘rtacha ro‘yxat soni / hisobot davridagi oylar soni”.

Anna Ufimseva
20 yillik stajga ega buxgalter, Business Explorer QK rahbari

2024-yilning ikkinchi yarmi holatiga O‘zbekistonda o‘rtacha ish haqi ~ 5 mln so‘m.

O‘rtacha ish haqi dinamikasi:

Yil O‘rtacha ish haqi
2020 2 673 300
2021 3 214 800
2022 3 892 400
2023 4 550 000
2024 5 090 000

Pensiya hisoblashning bazaviy miqdori nima

Pensiya hisoblashning bazaviy miqdori (PHBM) — bu turli pensiya to‘lovlari uchun mo‘ljallangan hisob birligi.

2024-yil 1-sentyabrdan O‘zbekistonda PHBM 428 000 so‘mga teng.

Yoshga doir eng kam pensiya miqdori bir oyda 834 000 so‘m, nogironlik bo‘yicha pensiya esa — bir oyda 920 000 so‘mga teng.

PHBM yordamida quyidagilar hisoblanadi:

  • pensiyalar;
  • ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar;
  • pensiya ta'minoti kompensatsiyalari;
  • agar ishchi mehnat majburiyatlarini bajarishi natijasida mayib bo‘lgan, kasb kasalligi va salomatligi bilan bog‘liq boshqa muammolarga uchragan bo‘lsa, ushbu zarar qoplamasi.

Ko‘rsatkichlar 2024-yil oxirigacha qanchalik o‘zgaradi

Prezidentning yangi Qarori munosabati bilan BHM, PHBM, MHTEKM, yoshga doir pensiya va nafaqalar qanday o‘zgarishini ko‘rib chiqamiz.

Qaysi sanadan amal qiladi Ko‘rsatkich Avval Hozir
2024-yil 1-sentyabrdan MHTEKM, eng kam pensiya va nafaqa miqdorlari 1 050 000 1 155 000
2024-yil 1-oktyabrdan Bazaviy hisoblash miqdori 340 000 375 000
Pensiya hisoblashning bazaviy miqdori (PHBM) 372 000 428 000
Yoshga doir pensiyalar 725 000 834 000
Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa 800 000 920 000
Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalar va ishga layoqatsiz shasxlarga nafaqa 648 000 745 000

BHM, MHTEKM va PHBM haqida qisqacha

  • BHM ko‘plab moliyaviy ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun kerak: soliqlar, bojlar, jarimalar, litsenziyalar va boshqalar. 2024-yil 1-oktyabrdan 1 BHM 375 000 so‘mga teng.
  • MHTEKM — eng kam miqdor ham muhim moliyaviy ko‘rsatkich hisoblanadi. Uning yordamida oylik ish haqi va ijtimoiy nafaqat hisoblanadi.
  • Ish beruvchilar, yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari, o‘z majburiyatlarini to‘laqonli bajarayotgan ishchilariga bir MHTEKM dan kam bo‘lmagan oylik ish haqini to‘lashi shart. 2024-yil 1-sentyabrdan 1 MHTEKM 1 155 000 so‘mga teng. O‘zbekistonda 2024-yilning ikkinchi yarmida o‘rtacha ish haqi qariyb 5,09 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

O‘rtacha ish haqini qanday hisoblash kerak: bosqichma-bosqich ko‘rsatma

Ma'lumot olish

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments