
Bank kartasidan foydalanib pul ishlashning 5 ta ko'zga tashlanmas usuli
Bank kartasidagi xarajatlardan qanday qilib pul ishlash mumkinligi haqida aytib beramiz
Siz nafaqat bank kartasidan pul sarflashingiz, balki ularni olishingiz ham mumkin. Naqd pul bilan to'lov qilish orqali siz shunchaki o'z pulingizni berasiz. Bank kartasidan foydalansangiz, sarflangan summaning bir qismi sizga qaytib kelishi mumkin. Kartadan qanchalik ko'p va tez-tez foydalansangiz, shuncha ko'p miqdordagi pulni qaytarib olishingiz mumkin.
Bank kartasidan foydalanib, qanday pul ishlash mumkin
Buni bajarishni ikkita asosiy varianti bor
Keshbek: bu nima va nimasi bilan foydali
Ingliz tilidan «cash back» — «qaytgan pul» deb tarjima qilinadi. Ya'ni, karta orqali to'lov amalga oshirilgandan so'ng, sarflangan pulning ma'lum foizini qaytarib olasiz. Masalan, siz do'kondan biror narsa sotib olasiz va to'lovni amalga oshirish uchun kartani qurilmaga kiritasiz. Sotuvchi siz to'lagan summani to'liq miqdorini olmaydi — u ushbu qurilmaga xizmat ko'rsatadigan bankka komissiya to'lashi kerak. O'sha bank esa, sizning kartangizni chiqargan bank bilan komissiyaning bir qismini bo'lishadi. Ushbu pulning bir qismini sizning bankingiz u chiqargan kartadan foydalanganingiz uchun bonus sifatida sizga qaytarib beradi. Xuddi shunday qilib, bu internetda bank kartasi orqali to'lov qilishda ham ishlaydi.
Shartlarga qarab, pul oy oxirida yoki to'lovdan keyin darhol hisobingizga o'tkazilishi mumkin.
Sodiqlik uchun ballar — qo'shimcha bonuslar
Shuningdek, banklar ma'lum xaridlar va xizmatlar uchun kartaga ball o'tkazishlari mumkin. Odatda, ba'zi kompaniyalar, masalan, yirik do'konlar tarmog'i yoki aviakompaniya bilan chiqarilgan kartalarda. Keyingi xarid uchun to'lovni amalga oshirishda ballarni sarflash mumkin. Ammo O'zbekistonda bunday tizim hozircha mavjud emas.
Ballar va naqd pul o'rtasidagi asosiy farq — ballar orqali faqat o'sha bankning hamkoridan biror narsa sotib olganda to'lov qilishingiz mumkin. Keshbek esa — sizning bank hisob raqamingizga tushadigan haqiqiy pul. Ulardan o'z xohishingizga ko'ra foydalanishingiz mumkin — kartadan yechib olish, biror narsaga to'lov qilish, omonatni to'ldirish yoki boshqa odamga o'tkazish.
Bu banklarga qanday foyda keltiradi?
Banklar uchun mijoz naqd pul yechmasligi va karta orqali to'lov qilishi foydalidir — bu naqd pulsiz operatsiya deb ataladi. Yuqorida aytib o'tganimizdek, bunday operatsiyalar uchun bank komissiya oladi. Shu sababli ko'proq odamlar bank kartalaridan foydalanishlari va buni tez-tez qilishlari bank uchun foydali. Keshbek kabi bonuslar bunga yordam beradi. Axir, mijoz, ehtimol, bu haqda qarindoshlari va do'stlariga aytib beradi. Va u keshbek yordamida ko'proq pul olish uchun kartadan tez-tez foydalanadi.
Keshbek — bu foydali: pul ishlashning 5 ta oson usuli
1. Tovarlar va xizmatlarni sotib olganlik uchun keshbek. Naqd pul bilan emas, balki bank kartasi orqali to'lov qilib, biz tovarlar va xizmatlar uchun sarflangan summaning foizini olishimiz mumkin. Ularning bir necha yuztasi mavjud.
Quyidagilar uchun sarflangan summadan 0,3 % dan boshlab keshbek olishingiz mumkin:
- do'konlardagi xaridlar uchun;
- dorixonalarda dori-darmon va boshqa mahsulotlarni sotib olayotganda;
- yoqilg'i quyish shoxobchalari va avtoservis xizmatlari uchun to'lov qilishda;
- kattalar va bolalar uchun ta'lim, sport klublari va to'garaklari, davolash va boshqa tibbiy xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirishda;
- turpaketlarga to'lov qilishda;
- uyali aloqa va Internet-provayder xizmatlari uchun to'lovlarni amalga oshirishda va boshqa ko'plab holatlarda.
2. Uy-joy kommunal xizmatlari uchun to'lovni amalga oshirganlik uchun keshbek. Masalan, uy-joy kommunal xizmatlarini UzumBank kartasi orqali to'lash orqali siz chekdagi summaning 0,3 %ini qaytarib olasiz.
3. Yo'l haqini to'laganlik uchun keshbek. Agar siz ushbu bank kartasindan metro va avtobuslarda to'lovni amalga oshirsangiz, u holda sizga 20% qaytadi. Bundan tashqari, qaytarish darhol amalga oshiriladi.
4. Soliq qo'mitasidan keshbek. Uni chakana savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko'rsatish punktlarida xaridlar uchun bankdan keshbekga qo'shimcha ravishda olish mumkin. Buning uchun QR kodili to'lov chekini olishingiz kerak bo'ladi-bu "naqshli" kvadrat bo'lib, odatda, chekning pastki qismida joylashadi. Shuningdek, to'lov chekida sotib olingan mahsulotlar ro'yxati ko'rsatilishi kerak. Keshbekni rasmiylashtirish uchun siz Davlat soliq qo'mitasining "Soliq" mobil ilovasida chekni ro'yxatdan o'tkazishingiz kerak (uni Play Market yoki App Store'da smartfoningizga bepul yuklab olishingiz mumkin).
5. Ko'paytirilgan keshbek. Ba'zi hamkorlarlarda tovarlar va xizmatlarga to'lovni amalga oshirganlik uchun banklar keshbekni bir necha baravar ko'proq to'laydilar.
Foydani hisoblaymiz
Keshbek summasini hisoblash uchun sarflangan summani keshbek qiymatiga ko'paytirish kerak (0,3, 1, 5, 20 va boshqalar) — keyin olingan natijani 100 ga bo'lish kerak. Shunday qilib, biz qaytarib olinadigan summaning foizini bilib olamiz.
Har oy uchun faqat uy-joy kommunal xizmatlarini to'lash va transportda qatnash uchun bank kartasidan foydalanish orqali qancha pul ishlashingiz mumkinligini hisoblaymiz.
Masalan, bir xonali xonadonda uy-joy kommunal xizmatlari uchun o'rtacha to'lovni olamiz.
Yoz mavsumida 1 oy uchun:
- Issiq suv — 122 820 so'm
- Sovuq suv — 68 132 so'm
- Elektr energiya — 106 200 so'm
- Chiqindilarni olib ketish — 18 000 so'm
- Gaz — 29 040 so'm.
Ya'ni, uy-joy kommunal xizmatlari uchun 344 192 so'm to'lanadi. Ushbu raqam 0,3 ga ko'paytiriladi (chunki keshbek 0,3%) va keyin 0,3% ni hisoblash uchun 100 ga bo'linadi. Bu 1032,57 so'mni tashkil etadi-bu sizning oylik keshbekingizning hajmi.
Qish mavsumida 1 oy uchun:
- Issiq suv — 122 820 so'm
- Sovuq suv — 68 132 so'm
- Isitish — 127 800 so'm
- Elektr energiya — 106 200 so'm
- Chiqindilarni olib ketish — 18 000 so'm
- Gaz — 29 040 so'm
Oy uchun jami - 771 992 so'm.
Keshbekni hisoblaymiz:
- 771 992 х 0,3 = 141 597,6
- 141 597,6: 100 = 1 415,97 — bu sizning bir oy uchun keshbekingiz.
Shuningdek, metroda ishga borasiz deylik. Shunday qilib, har kuni borish va qaytishga 4 000 so'm (2 x 2 000 so'm) sarflaysiz. Ushbu summani haftadagi 5 ish kuniga ko'paytiramiz va 20 000 so'm olamiz.
Ushbu qatnovlarni UzumBank kartasi bilan to'lashda 20% keshbek olasiz. 20 000 x 20 (keshbek 20% bo'lgani uchun) = 400 000, biz bu raqamni 100 ga bo'lamiz va 4 000 olamiz. Ushbu summa kartangizga qaytariladi. Shunday qilib, o'ntadan ikkita metro safari siz uchun bepul bo'ladi!
Endi esa bir oy ichida metroda qatnov uchun keshbekda qancha pul ishlashingiz mumkinligini hisoblaymiz. 2800 (borish va qaytish uchun to'lov)ni 20 ga ko'paytiramiz (oydagi ish kunlarining o'rtacha soni) va xuddi shu sxema bo'yicha ushbu summadan 20% keshbekni hisoblaymiz.
- 4 000 х 20 = 80 000
- 80 000 х 20 = 1 600 000
- 1 600 000: 100 = 16 000.
Shunday qilib, bir oy ichida metroda qatnov uchun keshbekda 16 000 so'm pul ishlash mumkin bo'ladi.
Yozda uy-joy kommunal xizmatlari uchun keshbek bilan birga har oy:
- 16 000 +1 032,57 = 17 032,57 so'm.
Qishda uy-joy kommunal xizmatlari uchun keshbek bilan birga har oy:
- 16 000 + 1 415,97 = 17 415, 97 so'm.
Agar faqat uy-joy kommunal xizmatlarini to'lash va yo'l haqini to'lash uchun olingan keshbekni qo'shsak, bir yil davomida munosib summa chiqadi. Olingan pul qarindoshlarga sovg'alar yoki oila uchun foydali bo'lgan xaridlar uchun sarflanishi mumkin.
Buning uchun faqat bank kartasiga ega bo'lish va undan foydalanish kifoya. Uni ochish uchun ofisga borish shart emas.
Uzum Bank kartasini uydan chiqmasdan saytida yoki uning mobil ilovasida ochish mumkin.
Izoh qo‘shish
zoʻr
Pul ishlash yuli