bosh sahifa / Xaridlar / Avtomobil uchun vinil nakleykalar: qanday tanlash va to‘g‘ri yopishtirish
Как выбрать и правильно нанести виниловые наклейки на автомобиль: советы и рекомендации

Avtomobil uchun vinil nakleykalar: qanday tanlash va to‘g‘ri yopishtirish

Vinil nakleykalar avtomobil egalari orasida juda ommalashgan — va bu bejizga emas, chunki ular mashina qoplamasiga zarar yetkazmasdan, uning tashqi ko‘rinishini tezda yangilash imkonini beradi.

Vinil nakleykalarni tanlashda nimalarga e'tibor berish, avtomobilingiz uchun eng maqbul variantni qanday tanlash va ularni kuzovga qanday to‘g‘ri yopishtirish kerakligini bilib olamiz.

Nakleyka tanlash

Sifat va ishlab chiqarish usullaridagi farqlarga qaramay, aksariyat vinil nakleykalar o‘xshash tuzilishga ega. Ular qoplamani yuzaga ko‘chirish uchun montaj plyonkasi, nakleykaning o‘zi va oq qog‘oz ko‘rinishidagi asosdan iborat.

Ba'zi nakleykalar avtomobillarning muayyan modellari uchun maxsus ishlab chiqariladi. O‘lchamlari kuzovning tasvir joylashtirilishi mo‘ljallangan qismiga mos keladi. Odatda sotuvchilar bu haqda tovar tavsifida — yoki nomida ham birato‘la ma'lumot beradi. Kattaroq nakleykani avtomobilning yon tomoniga yoki, misol uchun, kapotiga yopishtirish mumkin.

Xohishingizga ko‘ra, nakleykani xususiy ishlab chiqaruvchidan buyurtma qilishingiz uchun, uni dizaynini o‘zingiz o‘ylab topishingiz va nakleyka eskizini chizishingiz mumkin. Ushbu metod odatda aerografiyaga qaraganda arzonroq va tezroq bo‘ladi, chunki avtomobilni sifatli bezata oladigan iqtidorli rassomni topish oson bo‘lmasligi mumkin. Bundan tashqari, vinil nakleykani dearli iz qoldirmasdan oson olib tashlash mumkin.

Nakleyka avtomobilning tashqi ko‘rinishini butunlay o‘zgartiradigan darajada katta yoki faqat alohida joylariga urg‘u beradigan kichik bo‘lishi mumkin. Bu yerda tanlov faqatgina o‘zingizga bog‘liq. Muhimi, nakleyka o‘lchami va uning avtomobilda qanday ko‘rinishini baholashni unutmang — buning uchun oddiy ruletka to‘la mos keladi.

Damas uchun vinil nakleyka

Avtomobil va skuterlar uchun vinil nakleykalar

Tashqi tyuning uchun avtoga vinil nakleyka

Mashinaga vinil nakleyka

Skyway avtomobillari uchun vinil nakleyka

Oila uchun ichi keng avtomobil: Chery Tiggo 7 Pro haqida asosiy ma’lumotlar

Ma'lumot olish

Jarayonga tayyorgarlik

Vinil nakleykani ko‘chada yoki garajda yopishtirish mumkin. Birinchi holatda buni faqatgina shamol bo‘lmagan va harorat +5 dan +10 darajagacha bo‘lgan sharoitda amalga oshirish mumkin. Past haroratlarda yelim “ushlamasligi” mumkin, havodagi uchib yurgan chang esa nakleyka ostiga tushib, jarayonga xalaqit berishi mumkin. Shuning uchun avtomobilni joylashtirish uchun yetarlicha keng bo‘lgan garaj yoki boshqa har qanday yopiq joy eng yaxshi variant bo‘ladi.

Mashinani oldindan yuvib, nakleyka yopishtiriladigan joyini tegishli yog‘sizlantiruvchi vosita bilan jarayonga tayyorlagan ma'qul.

Keyingi jarayon uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:

  • Har qanday quruq latta;
  • Kanselyariya pichog‘i;
  • Rakel — plyonkani bir tekisda joylashtirish va havo pufakchalarini chiqarib yuborish uchun mo‘ljallangan asbob;
  • Sovunli suv yoki shampun aralashmasi yoki 1:10 nisbatdagi suv bilan idish yuvish vositasi qo‘shilgan pulverizator;
  • Qurilish feni yoki kuchli maishiy fen;
  • Bo‘yoqchilik skotchi (agar nakleyka katta bo‘lsa).

Kuzovni yog‘sizlantirish vositasi K2 T6 Klinet, 750 мл

Avtomobilni yuvish uchun mikrofibra sochiq

Kanselyariya pichog‘i Deli 

Plyonkani yopishtirish uchun plastik shpatel

Qurilish feni INGCO

Bo‘yoqchilik lentasi

Suv purkagich

Avtomobilga vinil nakleyka yopishtirish

Mashina yuvilib, barcha kerakli asboblar to‘plami yig‘ilgandan so‘ng, bevosita nakleyka bilan shug‘ullansa ham bo‘ladi. Birinchi navbatda, uni yopishtirmoqchi bo‘lgan joyiga qo‘yish va uning taxminiy chegaralarini suvga chidamli marker bilan belgilash kerak.

Agar yopishtiriladigan tasvir juda katta bo‘lsa, uni bir necha qismga bo‘lish mumkin. Bu yerda esa kanselyariya pichog‘i kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng nakleykani ko‘chirishni boshlash mumkin.

  1. Nakleyka tasvirini pastga qaratib stol ustiga qo‘ying va qog‘ozli asosini olib tashlang.
  2. Pulverizator yordamida avtomobilning kerakli qismini va plyonkaning yopishqoq tomonini sovunli suv bilan ho‘llang. Bu nakleyka to‘g‘ri joylashtirish va ortiqcha havo pufakchalarini “haydash” imkonini beradi.
  3. Nakleykani mashinaning kerakli joyiga yopishtiring. Agar birinchi urinishda o‘xshamasa, uni ko‘taring va boshqa nuqtaga o‘tkazing — ammo yuza bo‘ylab yurgizmang, aks holda yelim qatlami surkalib ketishi mumkin.
  4. Rakel yordamida nakleykani yaxshilab tekislang va uning ostidagi chang va namlikni chiqarib yuboring. Zarurat tug‘ilganda, ortiqcha havo pufakchalarini olib tashlash uchun materialni igna bilan teshish mumkin.
  5. Nakleyka yuzasidan shaffof himoya plyonkasini olib tashlang, so‘ngra uni yana rakel bilan tekislang.
  6. Plyonka yopishtirilgan detal shaklini olishi uchun uni fen bilan quriting. Ortiqcha yelimni mos keladigan erituvchi yordamida olib tashlang va mashinani quruq latta bilan arting.
  7. Juda issiq yoki sovuq ob-havoda mashinani haydashdan oldin 2-3 kun davomida nakleyka qurishi va butunlay silliqlanishiga imkon bering. Mashinani kamida 10 kundan keyin qaytadan yuvish tavsiya etiladi.

Qolgan hollarda jarayon detallarda o‘zgarishi mumkin. Masalan, ushbu sxemada bo‘yoqchilik lentasidan foydalanilmaydi. U nakleyka juda katta bo‘lganda tasvirni bittada ko‘chirish uchun kerak bo‘ladi.

Skotch yoki boshqa yelimli lenta yordamida materialni shunday mahkamlash mumkinki, bunda avval himoya qatlamini olib tashlab, birinchi, nakleykaning bir qismini mahkamlab, keyin esa qolgan qismiga o‘tish mumkin.

Avto uchun vinil nakleykalar: muhim jihatlar

Vinil nakleykalar avtomobilni himoya qilish va bezatish uchun ishlatiladi. Ammo vaqt o‘tishi bilan ular muammo tug‘dirishi mumkin, masalan, agar siz bir necha yildan keyin nakleykani olib tashlashga qaror qilsangiz. Qo‘llash jarayonida ham yoki undan keyingi birinchi kunlarda ham qiyinchiliklar paydo bo‘lishi mumkin.

Kuzovdagi izlar. Nakleyka ostida avtomobil yuzasi quyosh va boshqa tashqi omillar ta'siriga tushmasligi sababli, yopiq joylar vaqt o‘tishi bilan ochiq joylardan rangi va teksturasi bilan sezilarli darajada farq qilishi mumkin. O‘z mashinasining tashqi ko‘rinishini o‘zgartirmoqchi bo‘lmaganlar buni hisobga olishlari kerak.

Buning oldini olish uchun har 4-6 oyda, ayniqsa tiniq to‘q rangli avtomobillarda, kuzovdagi nakleyka joyini o‘zgartirish kerak.

Xizmat muddati. Oddiy vinil nakleyka mashinada yaxshi saqlanadi va 2-5-yil, ba'zan hatto 10-yil davomida o‘z sifatlarini yo‘qotmaydi. Ammo bunday qoplamaning xizmat qilish muddatini tashqi omillar qisqartirishi mumkin: masalan, agar mashina doimiy ravishda quyoshda tursa, yoki nakleykaga har doim shag‘al yoki qum uchib tursa. Hammasidan ko‘proq tasvirga kir to‘planishi va mexanik shikastlanishlar ta'sir qiladi.

Detallarning yo‘qolishi. Bu, ayniqsa, katta nakleykalarga tegishli. Himoya qatlami yoki qog‘ozli asos ko‘chirilganidan keyin elementlarning bir qismi u yerda qolishi mumkin. Yo‘qolgan detallarni joyiga qaytarish uchun, ko‘pincha nakleykani biroz ho‘llash yoki qizdirishning o‘zi kifoya.

Kesilgan nakleykalar. Hech kim yopishtiriladigan materialni bir necha qismga bo‘lishni taqiqlamaydi, biroq shuni yodda tutish kerakki, bunday holatda qismlarning qirralari qurish jarayonida egilishi mumkin. Shuning uchun nakleykani yopishtirgandan keyingi dastlabki ikki kun ichida ularni ayniqsa diqqatlik bilan kuzatib borish va zarur holatda, yana qizdirish va rakel bilan tekislash kerak.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
0 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments