bosh sahifa / Xavfsizlik / Agar bankomat kartangizni "yutib yuborsa", nima qilish kerak: koʻrsatmalar
Yangilanish sanasi: 17.05.2024

Agar bankomat kartangizni "yutib yuborsa", nima qilish kerak: koʻrsatmalar

Bankomatdan foydalanganda, bankomat kartani yutib yuborib, qaytarib bergisi kelmayotgan holatlarga duch kelishingiz mumkin. Buning sabablari har xil boʻlishi mumkin: mijozning aybi yoki qurilmaning oʻzi notoʻgʻri ishlashi tufayli. Bugun bankomat tomonidan ushlab qolingan kartani qaytarish uchun nima qilish kerakligini bilib olamiz.

Nima uchun bankomat kartani qaytarmaydi?

Kartangizni qanday qilib qutqarish mumkinligini bilishdan oldin, keling, kartalar bankomatda tiqilib qolishining keng tarqalgan sabablarni koʻrib chiqamiz.

Avvalo, bu karta egasining aybi bilan boʻlishi mumkin. Misol uchun, agar u PIN-kodni unutgan va uni uch marta notoʻgʻri kiritgan yoki operatsiyadan keyin 30 soniya ichida kartani olishni unutgan boʻlsa. Belgilangan vaqt tugagandan soʻng, koʻpchilik bankomatlar kartani yana orqaga tortib olishga sozlangan.

Karta mexanik shikastlanishi, magnitsizlanishi yoki oʻqilmasligi mumkin. Bunday holda, bankomat uni qabul qilmaydi va kartani yoʻq deb hisoblaydi.

Shuningdek, kartaga tegishli bank uni bloklab qoʻygan va bankomatlar dasturiga operatsiya paytida kartani yoʻq qilish talabini kiritgan boʻlishi mumkin. Agar karta egasi bankdan qarzdor yoki oʻzi haqida notoʻgʻri maʻlumot taqdim etgan boʻlsa ham,  shunday holatlar sodir boʻlishi mumkin.

Ba'zan bankomat shunchaki notoʻgʻri ishlashi va ishlamay qolishi mumkin. Va agar siz omadingiz kelmay, aynan shunday vaqtda kartani kiritib qoʻygan boʻlsangiz, bunday holatda uni bank xodimlari orqali chiqarib olishingiz mumkin boʻladi.

Bankomatdan kartani qanday qaytarish mumkin: koʻrsatmalar

Bankomatlar kartalarni "yutib yuborishi"ning asosiy sabablari bilan tanishganimizdan soʻng,  kartani qaytarishga yordam beradigan harakatlar tavsifiga oʻtamiz.

Eng avvalo, "Bekor qilish" tugmasini bosib koʻrishga harakat qiling. Ehtimol, bankomat shunchaki qotib qolgan va bu sizga ortiqcha vaqt va asablarni yoʻqotmasdan, kartani qaytarib olishga yordam beradi.

Agar bu yordam bermasa, kartani bloklang. Buni bank ilovasida, ishonch telefoniga qoʻngʻiroq qilish yoki bank filialiga shaxsan borib amalga oshirish mumkin. Ammo oldindan kartangizni tiklash yoki bloklan chiqarish mumkin yoki yoʻqligini aniqlashtirib olganingiz ma'qul.

Agar karta tiqilib qolgan bankomat bank filialida joylashgan boʻlsa, xodimlarga murojaat qiling. U bankomatni ochib, darhol kartani qaytarib berishi mumkin. Bunday holatda,  kartani bloklashingizga hojat yo‘q.

Ammo bankomat  jamoat joylarida joylashgan boʻlsa, muammoni osonlikcha hal qilib boʻlmaydi. Bankomat raqamini eslab qoling va bu haqida bankka xabar bering. Xodimlar maʻlumotlarni inkassatorlarga oʻtkazadilar, ular uskunaga rejali texnik xizmat koʻrsatish vaqtida kartani olib bankka qaytaradilar.

Qanday boʻlmasin, siz karta egasi sifatida shaxsingizni tasdiqlashingiz kerak boʻladi. Shuning uchun, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlaringizni tayyor tursin.

Bankomat bilan ishlash xavfsizlik qoidalari

So‘ngso‘z o‘rnida bankomat bilan bogʻliq muammolarning oldini olishga yordam beradigan bir nechta qoidalar ro'yxatini tuzib chiqamiz:

  1. Kartangizning PIN kodini eslab qoling yoki eslatmalarga yozib qoʻying. Agar ikkinchi martada ham PIN kodni eslay olmasangiz, operatsiyani bekor qiling. Uchinchi muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin bankomat kartani qaytarmaydi.
  2. Kartani bankomatga joylashtirishdan oldin uning shikastlanmaganligini tekshiring.
  3. Bankomat ekrani, tugmalari va menyusi toʻgʻri ishlayotganligiga ishonch hosil qiling. Buning uchun sizdan oldingi foydalanuvchilarda qurilma bilan bogʻliq muammolar bo‘lmaganligini kuzating.

Va hatto bankomat sizning kartangizni olib qo‘yib, qaytarib bermagan holatda ham asabiylashmang. Darhol bankomat tegishli boʻlgan bank bilan bogʻlaning va qanday choralar ko‘rish kerakligi haqida ma'lumot oling.

Izoh qo‘shish

Obuna bo‘lish
Notify of
guest
3 Izoh
Oldest
Newest Most Voted
Inline Feedbacks
View all comments
Soxibjon Tojiyev
Soxibjon Tojiyev
1 year ago

Hammasi yaxshi

Ramizbek
Ramizbek
1 year ago

me.

Ramizbek
Ramizbek
1 year ago

me.