2 buyurtmalar

Zarqat

Zarqat — Toshkentdagi 3D-bosma ustaxonasi. Nomi «oltin qatlam» degani: har bir buyumimiz printerda qatlamma-qatlam o'sib chiqadi. Nima qilamiz: — mualliflik haykalchalari: eshak mingan Nasriddin Afandi, samuray mushuk va boshqa hech qayerda yo'q qahramonlar; — qo'lda bukiladigan bo'g'imli ajdarlar va harakatlanuvchi haykalchalar; — yangi yil bezaklari, 2027-yil ramzi va bayramlarga sovg'alar. Nega bizda: — rangli haykalchalarni bo'yoqsiz, birdaniga 4 xil rangli plastikdan chop etamiz — rangi o'chmaydi; — har bir haykalchani jo'natishdan oldin tekshiramiz va ehtiyotkorlik bilan qadoqlaymiz; — PLA plastik o'simlik asosida tayyorlangan, hidsiz. O'zbekiston bo'ylab yetkazib beramiz. Toshkentda ishlab chiqarilgan.

Avval ko’rsatiladi: