
S-KIDS — konstavar va bolalar mahsulotlariga ixtisoslashgan zamonaviy do‘konlar tarmog‘i. Brendimiz maktab o‘quvchilari, bog‘cha yoshidagi bolalar va ularning ota-onalari uchun ishonchli hamkorga aylanishni maqsad qilgan. S-KIDS assortimentidan xavfsiz va sertifikatlangan o‘quv qurollari, ijodiy to‘plamlar hamda rivojlantiruvchi mahsulotlar o‘rin olgan. SCUBE ekotizimining bir qismi sifatida, S-KIDS har bir xaridorga yuqori darajadagi xizmat va zamonaviy yechimlarni kafolatlaydi.