Neo kids — bolalar uchun mehr bilan yaratilgan kiyimlar! 🤍 Neo kids — NEO brendining alohida bolalar do‘koni bo‘lib, bu yerda yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan tortib o‘smirlargacha bo‘lgan bolalar uchun keng kiyim-kechak assortimenti taqdim etilgan. Bizda 56 o‘lchamdan 164 o‘lchamgacha bo‘lgan kiyimlarni topishingiz mumkin. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, kichkintoylar, maktab yoshidagi bolalar va o‘smirlar uchun kundalik, uy va ko‘chaga mos zamonaviy modellar mavjud. Mahsulotlarimiz 100% paxtadan tayyorlanadi — yumshoq, qulay va bolalar uchun yoqimli. Neo kids mahsulotlarining barchasi O‘zbekistonda ishlab chiqariladi. Bizda barcha fasllar uchun assortiment mavjud: yozgi yengil kiyimlardan tortib, kuz, qish va bahor mavsumlariga mos modellargacha. Neo kids — 56 dan 164 gacha. Kichkintoylardan o‘smirlargacha!