“Telecom Devices PRO” masʼuliyati cheklangan jamiyati 2016 yilda tashkil topgan boʼlib, asosiy faoliyati telekommunikatsiya qurilmalarini ishlab chiqarishdan iborat. Korxonada yangi turdagi Wi-Fi tarqatuvchi simsiz routerlar (Mi-Fi), Wi-Fi tarmoqlari bilan jihozlangan USB Dongle modemlari, GPS navigatorlar bilan jihozlangan bolalar «aqlli» soatlari, hamda GSM standartidagi uyali telefonlar ishlab chiqarilidi. Jamiyatda Monoblok kompyuterlari, quyosh energiyasida ishlovchi koʼcha yoritgichlari, optik elementlar, ONT routeri, yopiq va universal optik muftalar, DVB-T2 (Set-Top-Box), har-xil oʼlchamdagi led panel yoritgichlar, statsionar telefonlar, Optik aloqa tarmogʼi uchun splitterlar, Elektr jihozlari (rozetka, vklyuchatel) qurilmalari ishlab chiqarilladi.