FPB
290 buyurtmalar
4.6 (84 sharhlar)

FPB

FPB 2007-yilda boshlangan 15 yildan ortiq tarixga ega rivojlangan texnologiya kompaniyasidir. Biz monobloklar, interaktiv panellar, axborot kiosklari, kompyuterlar, bosmaxona texnikasi va orgtexnika kabi uskunalarni ishlab chiqarish va yetkazib berishga ixtisoslashganmiz. 2018 yildan boshlab biz o'zimizning FPB brendimiz ostida ommaviy ishlab chiqarishni boshladik: monobloklar, interaktiv panellar, axborot kiosklari va eng yuqori sifat standartlariga javob beradigan video devorlar. Biz Toshkent shahridagi servis markazimizda ishonchli kafolat va kafolatdan keyingi xizmatni taqdim etamiz Yutuqlarimiz qatoriga ISO 9001 sertifikati, GS1 xalqaro assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga a’zolik kiradi. Biz HP, Dell, Lenovo, Asus, Acer, Canon, Dr.Web va Kaspersky bilan strategik hamkorligimizdan faxrlanamiz. Manzil: Toshkent sh., Chilonzor, “E”, 6, 100043 Aloqa uchun: (71) 271-10-13, info@fpb.uz, t.me/uzfpb FPB - yuqori sifatli kompyuterlar!