Kitob o'qish zerikarli deganlar qattiq adashadilar! Kitob o'qish faqatgina jim o'tirib sahifalarni varaqlash emas. Bu har biri boshqa dunyoda, boshqa zamonda bo'lgan minglab hayotlarni yashash. Kitoblar sizni hech qachon bormagan joylarga olib boradi: qadimiy shaxarlar, sehrli qasrlar, urush maydonlari, inson ruhining eng chuqur burchaklari. Mutolaada so'zlar kalit, sahifalar eshik, kitob esa butun bir olam bo'ladi. Sizga hech bir film bera olmaydigan chceksiz tasavvuringiz ichingizdan jar solib turadi