
BEKDORA — Aslingizdagi Zodagonlik Zodagonlik — bu unvon, boylik yoki o'tmishdagi tabaqalanish emas. Bugungi dunyoda haqiqiy "oqsuyaklik" insonga nasab bilan berilmaydi, balki har bir insonning o'ziga bo'lgan hurmati, ichki madaniyati va olijanobligida namoyon bo'ladi. BEKDORA — har bir insonning qalbida yashayotgan ana shu asl zodagonlikni yuzaga chiqaruvchi kiyimlar brendidir. Biz eski asrlarning sun'iy tabaqalanishini va sarqit tushunchalarini rad etamiz. Aslida har bir inson — qimmati baland bir in'om, o'z dunyosining haqiqiy begidir. Bizning kiyimlarimiz shunchaki shinam mato emas, balki sizning ichki kuchingiz, didingiz va o'zingizga bo'lgan yuksak hurmatingizning tashqi aksidir.