
“ATLANT-FORTUNA” MCHJ 2016 yilda O‘zbekiston bozoriga suv tozalashning yuqori texnologik va innovatsion usullarini tadbiq etish maqsadida tashkil etilgan. Kompaniyamizning asosiy mahsuloti – bugungi kunda suv tozalashda eng zamonaviy va ilg‘or texnologiya hisoblanadigan teskari osmos texnologiyasiga asoslangan suv tozalash tizimlaridir. Biz manba suvining ifloslik darajasidan kelib chiqgan holda, buyurtmachining yakuniy toza suv sifatiga qo‘ygan talabi asosida turli komplektatsiyadagi tizimlar yetkazib berish imkoniyatiga egamiz. Filtrlar soatiga 250 litrdan 25 000 litrgacha toza suv ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan, suvni o‘ta nozik darajada tozalaydigan va boyitadigan ko‘p bosqichli butun bir sistema bo‘lish bilan birga, buyurtmachi talabi asosida alohida komplektatsiyada ham yetkazib berilishi mumkin. “ATLANT-FORTUNA” MCHJ – soatiga 20 000 litrdan ortik suv tozalash quvvatiga esa sistemalar ishlab chiqarishni O‘zbekistonda birinchi bo‘lib yo‘lga qo‘ygan