• Muallif: Zulfiya Qurolboy qizi 📖 Asar turi: Hikoyalar to‘plami 🌸 Mavzusi: Ayollarning hayoti, orzulari, iztiroblari va quvonchlari 🎯 Asosiy g‘oya: Jamiyatdagi ayolning o‘rni, mehr va sabrning qudrati
• Nashr maqsadi: 5 tashabbus doirasida chop etilgan, yoshlar va kattalar uchun birdek dolzarb ❤️ O‘quvchiga ta’siri: Ruhiy kuch bag‘ishlaydi, hayotiy saboqlar beradi, ayolning qadriyatlarini yuksaltiradi
Hurmatli ktobxonlar bizning do'konimizdan kitob xarid qilganingizdan xursandmiz. SIZLARDAN iltimosimiz shuki, kitob haqidagi fikr-mulohazalaringiz va takliflaringizni albatta qoldirsangizlar. Fikrlaringiz bizning kelajakdagi ishlarimizda yanayam rivoj topishimizda ko'mak beradi.
Hikoyada Nazokat farzandlarini qayg’uruvchi mehribon ona , eriga suyukli rafiqa ekanligini sezish qiyin emas. Eri uni koʻrgani kelganda yuziga darrov upa surib olardi. Hikoyada quyosh nuri va upa ikki motiv hisoblanadi. Quyosh nuri hali hayot tugamaganligini anglatsa, upa Nazokatga kasal holida ham ayollik jozibasini baxsh etish motivi sanaladi.
Zulfiya Qurolboy qizi “Ayol” hikoyasida Nazokat obrazi orqali ayollarning ichki kechinmalarini, ruhiy dunyosini va qiyinchiliklarga bardoshli ekanligini yoritib bergan. Hikoyaning hech qanday boʻrttirishlarsiz hayotiy tasvirlanganligi uning ta’sirchanligini oshirgan.


