Helba urug'i organizm uchun ko'plab shifobaxsh xususiyatlarga ega:
Hazm qilish tizimi: Oshqozon-ichak mikroflorasini yaxshilaydi, ishtahani ochar va oshqozon yarasi hamda gastritda shilliq qavatni himoya qiladi.
Qand va xolesterin: Qondagi shakar miqdorini me'yorlashtiradi hamda zararli xolesterin darajasini tushiradi.
Immunitet va nafas yo'llari: Shamollash, yo'tal va bronxitda balg'amni ko me'yorida ko'chirishga yordam beradi, isitmani tushiradi.
Ayollar uchun: Emizikli ayollarda ko'krak suti ajralishini (lakstatsiyani) sezilarli darajada oshiradi va gormonal muvozanatni tiklaydi.
Erkaklar uchun: Testosteron gormoni darajasini va quvvatni (potensiyani) oshirishga yordam beradi.
Moddalar almashinuvi: Organizmdan toksinlar va ortiqcha suyuqlikni chiqarib, ozish jarayonini tezlashtiradi.
Zirnova Helba urug‘i — o‘ziga xos tabiiy ko‘rinishi, rangi va xushbo‘y xususiyatlari bilan ajralib turadigan butun helba urug‘laridir. Helba turli hududlarda xelba, fenugrek, shambala va пажитник nomlari bilan ham tanilgan.
Mahsulot butun urug‘ shaklida taqdim etilgan. Urug‘larning maydalab yuborilmagan shaklda bo‘lishi ularning tabiiy tuzilishini saqlaydi. Zaruratga qarab kerakli miqdorni alohida olish mumkin.
Zirnova mahsuloti mahkam yopiladigan qopqoqli shaffof idishda qadoqlangan. Shaffof idish mahsulotning ko‘rinishi va qolgan miqdorini tashqaridan osongina nazorat qilish imkonini beradi. Keng qopqoq esa idishni ochish va qayta yopishni qulaylashtiradi.
Helba o‘ziga xos sarg‘ish tusdagi mayda urug‘lari bilan ajralib turadi. Mahsulotning butun shaklda taqdim etilishi tabiiy ziravor va urug‘larni afzal ko‘radigan xaridorlar uchun qulay tanlovdir.
Qadoqdagi ma’lumotga ko‘ra, yaroqlilik muddati qadoqlangan sanadan boshlab 2 yil. Mahsulotni quruq va salqin, bolalar yeta olmaydigan joyda saqlash kerak. Tavsiya etilgan saqlash harorati 5°C dan 25°C gacha. Namlikdan ehtiyot qilish tavsiya etiladi.
Butun helba urug‘lari
Maydalanmagan shaklda
O‘ziga xos tabiiy rang va ko‘rinish
Shaffof, qopqoqli idishda qadoqlangan
Saqlash uchun qulay qadoq

