Kundalik taqish uchun ziraklar: asosi mis, ustiga 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Tovlanishi yumshoq, keskin yaltiramaydi, shuning uchun kiyim bilan raqobatlashmaydi. Yig'ilgan soch bilan, ko'ylak yoki bo'yinli kofta bilan yaxshi ko'rinadi. Yoniga shu ohangdagi kulon yoki uzuk osongina tanlanadi. Qoplama nam va kosmetikani yoqtirmaydi: krem va atirni oldinroq suring, ziraklarni esa eng oxirida taqing. Juftlikni yopiq qutichada, boshqa taqinchoqlardan alohida saqlang va quruq mato bilan arting.

