Kundalik taqish uchun ziraklar: asosi mis, ustiga 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Pushti tus odatdagi tilla rangdan yumshoqroq, ochiq rangli teriga ayniqsa yarashadi. Tosh qadalmagani uchun boshqa taqinchoqlar bilan bemalol mos keladi: nozik zanjir, uzuk yoki bilaguzuk shu rangda tanlansa, yaxlit uslub chiqadi. Jinsi shim, ish jaketi va bayram libosiga mos tushadi. Qoplamani suv, atir va kimyoviy vositalardan asrang. Ziraklarni alohida xaltada saqlang, taqqandan keyin yumshoq quruq mato bilan arting.

