Mis asosli ziraklar, sirti 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Pushti tilla rangi sariqdan yumshoqroq, shuning uchun juftlik bosiq va kundalik kiyimga mos keladi. Ularni ish kiyimi, jemper va yengil libos bilan taqish mumkin. Bir xil rangdagi uzuk yoki bilaguzuk bilan komplekt qilinadi. Qoplama nam va kosmetikadan tez xiralashadi: yuz yuvish va soch turmaklashdan oldin ziraklarni yeching, quruq joyda saqlang va taqqandan keyin yumshoq mato bilan arting.

