Ziraklar misdan ishlangan, usti 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Qoplama bir tekis, issiq tusda tovlanadi, ziraklarning oʻzi yengil, shuning uchun kun boʻyi taqib yurish qulay. Ular ish kiyimiga ham, sayr kiyimiga ham mos: koʻylak, trikotaj, libos. Toʻliq toʻplam istasangiz, shu pushti rangdagi kulon yoki uzuk qoʻshiladi. Dush, basseyn va uyqudan oldin yeching, ustiga krem va soch laki tegizmang, taqib boʻlgach quruq mato bilan artib qutichaga soling.

