Ziraklar misdan tayyorlangan va 18 karat sariq tilla bilan yugurtirilgan. Iliq sariq tus kiyimning iliq ranglari bilan ham, teri rangi bilan ham yaxshi uyg'unlashadi. Juftlik ofisga ham, do'stlar bilan uchrashuvga ham mos. Uni sochni yig'ib ham, yozib ham taqish mumkin, yoniga shu tusdagi zanjir yoki uzuk qo'shiladi. Parvarishi oddiy: ziraklarni boshqa taqinchoqlardan alohida saqlang, nam hammomda qoldirmang, taqib bo'lgach yumshoq salfetka bilan arting.

