Ziraklar misdan tayyorlangan va 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Ular yengil, quloqni tortmaydi, shu bois kun bo'yi taqib yurish qulay. Bu kundalik taqinchoq: ish, o'qish, dugonalar bilan uchrashuv. Pushti tus oq va bug'doyrang teriga bir xilda mos tushadi, kiyim rangini alohida tanlashni talab qilmaydi. Uyqudan, dushdan va hovuzdan oldin yeching. Pardoz, krem va soch vositalarini oldinroq ishlating, taqib bo'lgach metallni quruq salfetka bilan artib, qutiga yoki xaltachaga soling.

