15 to'plam idishga mo'ljallangan to'liq o'lchamli idish yuvish mashinasi — bu katta oilaning kun davomidagi barcha idishi yoki ziyofatdan keyingi to'liq dasturxon bitta siklda. "Sig'magani qo'lda yuvaman" degan gap yo'q.
Liniya umumiy platformada qurilgan: bir xil sig'im, bir xil quritish tizimi, bir xil yuvish darajasi. Modellar orasidagi farq — o'rnatish usuli va qo'shimcha funksiyalar to'plamida. Oshxonangizga qarab tanlang.
LDW620-15SBB — alohida turuvchi, UV gigiyena bilan
Polga qo'yiladi, oshxona mebelida maxsus joy kerak emas. Qora korpus, sensorli boshqaruv. UV gigiyena funksiyasi bilan ajralib turadi — idishni qo'shimcha zararsizlantirish uchun ultrabinafsha ishlov.
LDW640-15BFG — alohida turuvchi, qora
O'rnatish formati bir xil: shunchaki polga qo'yiladi. Sensorli boshqaruv, invertorli BLDC motor.
LDW630-15SBG — yarim o'rnatiladigan
Korpus oshxona mebeliga yashiriladi, boshqaruv paneli tashqarida qoladi va eshik yopiq holatda ham qo'l ostida bo'ladi. Sensorli boshqaruv, BLDC motor.
LDW650-15GBG — to'liq o'rnatiladigan
Oshxona fasadi ortiga butunlay yashiriladi, tashqaridan texnika umuman ko'rinmaydi. Balandlikni sozlash imkoniyati bor — mashina stol usti darajasiga aniq moslashtiriladi.
15 komplekt idish
To'liq o'lchamli yuklama. Likopchalar, piyolalar, qoshiq-vilkalar, qozonlar, tovalar, patnislar — hammasi bitta ishga tushirishda yuviladi. 5–7 kishilik oila va tez-tez mehmon kutadiganlar uchun mos.
Invertorli BLDC motor (LDW620 aniqlanmoqda, qolgan modellarda bor)
Cho'tkasiz dvigatel: kamroq shovqin, kamroq tebranish, uzoqroq muddat. Mashinaning umri shu tugunga bog'liq.
Auto Open Drying — eshikning avtomatik ochilishi
Sikl tugagach eshik o'zi ozgina ochiladi. Nam issiq havo tashqariga chiqadi, idishlar tabiiy yo'l bilan quriydi — dog'siz, nam hidisiz va sochiq bilan artmasdan.
Sensorli boshqaruv (LDW620, LDW630, LDW640)
Mexanik tugmalarsiz panel: oson artiladi, hech narsa yopishib qolmaydi va eskirmaydi.
UV gigiyena (LDW620-15SBB)
Kamerani qo'shimcha zararsizlantirish uchun ultrabinafsha ishlov. Kichik bolali oilalar va bolalar idishi uchun ayni muddao.
Balandlikni sozlash (LDW650-15GBG)
Mashina stol usti darajasiga aniq o'rnatiladi — fasad qolgan mebel bilan bir tekisda turadi, tirqish va qiyshayishsiz.

