Zanjir uchun kulon, 18 karat pushti tilla yugurtirilgan. Qoplamaning iliq rangi taqinchoqni yumshoq ko'rsatadi va har kuni taqishga mos keladi. Ingichka zanjirda chiroyli turadi, uzunligi har xil ikkita zanjir taqilsa, ko'p qavatli ko'rinish chiqadi. Xuddi shu gammadagi zirak va uzuk bilan uyg'unlashadi. Qoplama ishqalanishdan yeyiladi, shuning uchun kulonni qalin svitir tagiga taqmang va uxlashdan oldin yeching. Quruq salfetka bilan arting, toshli buyumlardan alohida saqlang.

