• Zanglamaydigan mustahkam metall material
• Namlik va korroziyaga chidamli
• Oshxonada joyni tejash uchun ixcham konstruksiya
• Vilka va qoshiq uchun maxsus ushlagich
• Krujkalar uchun osma ilgaklar
• Suvni yig‘uvchi olinadigan taglik (poddon)
• Oson yig‘iladigan va o‘rnatiladigan tuzilma
• Barqaror va mustahkam turish xususiyati
• Har qanday oshxona interyeriga mos zamonaviy dizayn
oshxona uchun juda qulay, zamonaviy va amaliy yechim bo‘lib, idish-tovoqlarni tartibli saqlash va tez quritishga yordam beradi. Mustahkam xromlangan metall materialdan tayyorlangan bo‘lib, u namlikka, zanglashga va korroziyaga chidamli, shu sababli uzoq muddat xizmat qiladi.
Yuqori qavat — tarelkalar, kosalar va boshqa yirik idishlarni tartibli joylashtirish uchun mo‘ljallangan. Pastki qavat esa stakanlar, piyolalar va mayda idishlarni quritish uchun juda qulay. Bu ikki qavatli tuzilma oshxonada joyni maksimal darajada tejaydi va tartibni saqlashga yordam beradi.
Ikki yon tomonida maxsus qo‘shimcha bo‘limlar mavjud bo‘lib, ular vilkalar, qoshiq, pichoq va krujkalarni alohida joylashtirish imkonini beradi. Bu esa idishlarni yanada qulay va gigiyenik tarzda quritishga sharoit yaratadi.
Olinadigan taglik (poddon) suvni samarali yig‘ib, oshxona stol yuzasini doimo quruq va toza saqlaydi. Quritgichning ixcham va barqaror konstruktsiyasi uni hatto kichik oshxonalarda ham bemalol ishlatish imkonini beradi.
Zamonaviy dizayni har qanday oshxona interyeriga mos tushadi, oson yig‘iladi va kundalik foydalanishda juda qulay hisoblanadi.











