Turkiyada ishlab chiqarilgan ushbu ayollar dvoykasi kundalik foydalanish va uyda kiyish uchun mo‘ljallangan. Tarkibi 95% viskoza va 5% elastindan iborat bo‘lib, matosi yumshoq, yengil va tanaga yoqimli. Havo o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgani sababli kun davomida qulaylik yaratadi.
Dvoykamiz ikki qismdan iborat. Ustki qismi nafis qora rangda bo‘lib, yenglari chiroyli gipyur matosi bilan bezatilgan. Pastki qismi esa tigir gulli losinadan iborat. Mahsulotning choklari sifatli va tekis tikilgan bo‘lib, uzoq muddat foydalanish uchun mos. Yuvilganda rangi va sifatini yo‘qotmaydi, shaklini yaxshi saqlaydi.
Zamonaviy dizayni, nafis ko‘rinishi va qulay fasoni bilan ushbu dvoyka har qanday yoshdagi ayollar uchun mos. Uyda dam olish, kundalik yumushlar yoki mehmon kutishda qulaylik va didni birlashtirgan ajoyib tanlov.

