Ayollar uchun zamonaviy klassik kostyum-shim nafis ko‘rinishi va o‘ziga xos dizayni bilan ajralib turadi. Komplekt uzun pidjak va keng bichimli shimdan iborat. Pidjak old qismidagi milliy uslubdagi bezakli ilgaklar modelga alohida ko‘rk bag‘ishlaydi. Orqa tomonidagi bog‘ichli detal esa kiyimning dizaynini yanada chiroyli ko‘rsatadi. Klassik bichim kundalik kiyinish, ishxona, uchrashuv va bayram tadbirlari uchun mos. Qizil va qora ranglarda mavjud. O‘lchamlari: 48, 50, 52, 54. Materiali parli dazmolda dazmol qilinishi tavsiya etiladi.

