Har qanday ixtiro shunchaki inson zakovatining mahsuli emas; u dunyomizning qanday tuzilganligini hamda bizni o‘rab turgan global ta’minot zanjirlari, hamma joyda mavjud bo‘lgan axborot va pul kabi ko‘zga ko‘rinmas tizimlar mohiyatini ochib beradi. Tim Xarford o‘z kitobida qog‘oz, shtrix-kodlar, intellektual mulk va yozuv kabi ellikta ixtiro misolida global iqtisodiyotning qiziqarli ishlash mexanizmlarini yoritib beradi hamda yangi g‘oyalar iqtisodiy kuchlar muvozanatini qanday o‘zgartirishi va hayot tarzimizga qanday ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatib o‘tadi.

