"Zafarnoma", Fathnomayi Temuriy, Tarixi Jahongushoyi Temuriy — Amir Temur davlati tarixiga bagʻishlab yozilgan asar. Sharafiddin Ali Yazdiy tomonidan Ibrohim Sulton farmoniga koʻra, 1419— 25-yillarda Sherozda fors tilida yozilgan.
"3." aslida "Fathnoma" yoki "Fathnomayi Temuriy" yoki "Tarixi Jahongushoyi Temuriy" deb nomlangan boʻlsada, Nizomiddin Shomiynint "Zafarnoma"siga mazmunan yaqinligi tufayli keyinchalik "3." nomi bilan shuhrat topgan. Asar 2 qismga: Temurdan oldingi davr tarixidan umumiy tarzda soʻzlovchi "Muqaddima" va Temur davri tarixini yorituvchi asosiy qism "Zafarnoma"ga boʻlinadi.

