Ushbu kosmetik to‘plam yuz parvarishi va makiyaj qilish jarayonini yanada qulay va yoqimli qiladi. To‘plam tarkibiga yumshoq obodok (bosh bog‘ichi), qo‘l yenglari va turli shakldagi makiyaj sponjlari kiradi. Obodok yuz yuvishda yoki makiyaj paytida sochni tartibda ushlab turadi, yenglar esa suvning qo‘lga oqib tushishini oldini oladi. Sponjlar tonal krem, pudra va boshqa kosmetik vositalarni bir tekis surtish uchun juda qulay. Yumshoq materialdan tayyorlangan bo‘lib, teriga zarar bermaydi va kundalik foydalanish uchun ideal.


