Anua Heartleaf Quercetinol Pore Deep Cleansing Foam — yuz poralarini chuqur tozalash va muammoli terini parvarish qilish uchun ishlab chiqilgan koreys yuz yuvish ko‘pigidir. Mahsulot tarkibidagi 33.4% guttuiniya (Heartleaf) ekstrakti sezgir terini bir zumda tinchlantiradi, yallig‘lanish jarayonlarini to‘xtatadi va akne asoratlariga qarshi samarali kurashadi. Maxsus ishlab chiqilgan kversetinol (Quercetinol) komponenti esa poralardagi qora nuqtalarni, ortiqcha yog‘ qatlamini va makiyaj qoldiqlarini terini shikastlamasdan chuqur tozalaydi. Ko‘pik o‘ta yengil va quyuq teksturaga ega bo‘lib, suv bilan aralashganda yumshoq mikropufakchalar hosil qiladi, bu esa terini quritib yubormasdan yuvish imkonini beradi. Tarkibidagi namlantiruvchi moddalar terining tabiiy himoya to‘sig‘ini mustahkamlaydi va gidrolipid muvozanatini saqlaydi. Mahsulot aralash, yog‘li va aknega moyil muammoli teri turlariga daxshat mos keladi. Tarkibida tajovuzkor kimyoviy qo‘shimchalar mavjud emas, kundalik ertalabki va kechki yuz yuvish parvarishi uchun xavfsizdir.


