Sizning uslubingizga yorqinlik hamda jozoba bag‘ishlovchi yuz, badan va tirnoqlar uchun o‘zi yopishadigan 3D kristall-straslar to‘plami! Ushbu to‘plam turli xil o‘lchamdagi va shakldagi — mayda hamda o‘rtacha yumaloq kristallar, nafis yulduzchalar va yarim oylardan iborat bo‘lib, noyob va unutilmas obrazlar yaratishga yordam beradi.
To‘plamning boshqa analoglardan asosiy afzalligi — uning o‘zi yopishuvchan tayyor asosga egaligidadir. Qo‘shimcha yelim va maxsus vositalar talab etilmaydi. Har bir kristall mustahkam va teriga xavfsiz bo‘lgan yelim qatlami bilan ta'minlangan, bu esa ularni yuz, ko‘z atrofi, pesxona, bo‘yin hamda badan qismlariga tez va oson yopishtirish imkonini beradi.
Akril materialdan tayyorlangan kristallar va yorug‘likda jilolanuvchi oyna effekti nurni ajoyib tarzda aks ettiradi, natijada makiyajingiz va manikyuringiz qimmatbaho hamda professional ko‘rinishga ega bo‘ladi. U bayramlar, mavzuli kechalar, fotosessiyalar, festvallar hamda har kunlik noodatiy uslublar uchun eng mukammal tanlovdir. Tirnoq dizaynida (Nail Art) ham, yuz dekoratsiyasida ham juda qulay qo‘llaniladi. Terida noqulaylik tuydirmaydi hamda osongina ko‘chiriladi.

