• Terini tinchlantiradi, qizarish va tirnashni kamaytiradi
• Terini namlaydi va gidrolipid barerni tiklaydi
• Teri rangini tekislaydi, pigmentatsiyani kamaytiradi
• Teshikchalarni toraytiradi va yog‘li yaltiroqlikni kamaytiradi
• Terining elastikligi va tarangligini oshiradi
• Terni yangilaydi va tiklanish jarayonini tezlashtiradi
SKIN1004 Madagascar Centella serumlar liniyasi yuz terisini kompleks parvarish qilish uchun ishlab chiqilgan: namlantirish, tiklash, yoritish, kengaygan teshikchalarni toraytirish va teri elastikligini oshirishga yordam beradi. Asosida Madagaskarda yetishtirilgan yuqori sifatli Centella Asiatica mavjud bo‘lib, u tinchlantiruvchi va tiklovchi xususiyatlari bilan mashhur.
Yengil teksturalar tez singadi, yopishqoqlik qoldirmaydi va kundalik parvarish uchun mos keladi. Serumlar terining gidrolipid balansini saqlashga, teri holatini yaxshilashga va sog‘lom yorqinlik berishga yordam beradi.
✨ Madagascar Centella Ampoule
100% Centella Asiatica ekstraktiga asoslangan tinchlantiruvchi ampula. Sezgir va muammoli teri uchun mos. Qizarish, quruqlik va yallig‘lanishni kamaytiradi, terini tiklaydi va himoya barierini mustahkamlaydi.
💙 Madagascar Centella Poremizing Fresh Ampoule
Kengaygan teshikchalarni toraytirish va yog‘li yaltiroqlikni nazorat qilish uchun ampula. Teshikchalarni toza saqlashga, teri rel’yefini silliqlashga va elastiklikni oshirishga yordam beradi.
🤍 Madagascar Centella Tone Brightening Capsule Ampoule
Niacinamide, Vitamin C va traneksam kislotasiga ega yorituvchi serum. Pigmentatsiya va post-akne izlarini kamaytiradi, teri rangini tekislaydi va yorqinlik beradi.
🤎 Madagascar Centella Probio-Cica Intensive Ampoule
Quruq va sezgir teri uchun intensiv tiklovchi ampula. Terini chuqur oziqlantiradi, himoya barierini mustahkamlaydi va quruqlik hissini kamaytiradi.
🌟 Madagascar Centella Boosting Shot Ampoule Retinol 0.2%
Retinol va mikroignali (spikulalar) bilan anti-age serum. Terini yangilaydi, elastiklikni oshiradi va mayda ajinlarni kamaytiradi.
✨ Madagascar Centella Boosting Shot Ampoule Niacinamide 10%
Teri rangini yorituvchi va tekislovchi serum. Pigmentatsiya va post-akne izlarini kamaytiradi, teshikchalarni toraytiradi va yog‘ ajralishini nazorat qiladi.
💎 Madagascar Centella Boosting Shot Ampoule Matrixyl 10%
Terini mustahkamlovchi va chuqur namlantiruvchi serum. Teri tonusini oshiradi, elastiklikni yaxshilaydi va sog‘lom yorqinlik beradi.
🌟Madagascar Centella TECA Ampoule
SKIN1004 Madagascar Centella TECA Ampoule — terini tinchlantiruvchi, intensiv namlantiruvchi va terining himoya to‘sig‘ini tiklashga yordam beruvchi ampula. Tarkibidagi TECA kompleksi, sentella ekstrakti, niatsinamid, peptidlar va o‘simlik asosidagi PDRN teridagi qizarish va noqulaylikni kamaytirishga, namlikni saqlashga hamda terining elastikligini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. Sezgir va quruq teri uchun mos.
• chuqur namlantirish va tiklash
• tinchlantiruvchi ta’sir
• himoya barierini mustahkamlash
• teri rangini va teksturasini yaxshilash
• teshikchalarni kamaytirish
• elastiklik va taranglikni oshirish
• yengil, yopishqoq bo‘lmagan teksturalar
Qo‘llash usuli:
Teringizni tozalab, tonikdan keyin kerakli miqdordagi serumni yuzga surting va muloyim harakatlar bilan taqsimlang. Keyin krem bilan parvarishni yakunlang. Kundalik foydalanish uchun mos.

