• Terni tinchlantiradi
• Intensiv namlantirish va oziqlantirish
• Tiniqlashtirish va yorqinlik
• Sepkil va dog‘larni ochartirish
• 4 tasi komplekt yoki alohida paketlarda
Uy sharoitida professional darajadagi parvarish!
Ushbu 4 ta yuz niqobi to‘plami terining asosiy muammolarini hal qilish uchun mo‘ljallangan.

1️⃣ Aloe (Aloe Vera)
✔ Terni tinchlantiradi
✔ Chuqur namlantiradi
✔ Qizarishni kamaytiradi
2️⃣ Kollagen maska
✔ Oqartiruvchi effect
✔ Ajinlarni kamaytiradi
✔ Teri silliqligini oshiradi
3️⃣ Avocado
✔ Terini oziqlantiradi
✔ Elastiklikni oshiradi
✔ Quruq terini tiklaydi
4️⃣ Guruch ekstraktli niqob (Bioaqua)
✔ Teri qurishiga qarshi
✔ Oqartiradi
✔ Pora toraytiradi

Aloe vera — bu matoli niqob bo‘lib, yuz terisini tinchlantiradi, chuqur namlantiradi, quyosh nuri ta’siridagi qizarishlarni ketkazadi va yuzdagi yengil dog‘larni ochartiradi. Terining qarish jarayonini sekinlashtiradi. Yuz terisidagi aknelar uchun ham antibakterial xususiyatga ega. Yuz terisining qurib qolgan qavatini oziqlantiradi va allergiya chaqirmaydi. Makiyajdan charchagan yuz teri to‘qimasini tiklashda foydali hisoblanadi. Uy sharoitida ishlatish uchun qulay niqobdir.
XUSUSIYATLARI:
· Aknega qarshi davolovchi
· Chuqur namlantiruvchi
· Oqartiruvchi
· Oziqlantiruvchi
TARKIBI: Aloe geli va bodring suvi.
QO‘LLANILISHI: Matoli niqobni tozalanagan yuzga zich yopishtiriladi. 15-20 daqiqada olib tashlanadi.
Foydali ma’lumot: Aloe vera matoli niqobini erkak va ayollar birdek qo‘llasalar bo‘laveradi.
Kollagen maska — bu matoli niqob bo‘lib, yuz terisini namlantirish, taranglashtirish, yuzdagi va ko‘z atrofidagi mayda ajinlarni yoyish hamda yuz terisini silliqlash uchun mo‘ljallangan samarali parvarish vositasidir. Tabiiy kollagen asosida tayyorlangan ushbu niqob yuz terisini yoshartirish bilan birgalikda, yuz terisidagi charchoq belgilarini samarali ketkazib beradi. Kollagen niqoblar asosan Koreya brendlari tomonidan ishlab chiqariladi.
XUSUSIYATLARI:
· Aknega qarshi antibakterial
· Intensiv namlantirish va oziqlantirish
· Lifting effekti, ya’ni taranglik
· Tiniqlashtirish va yorqinlik
TARKIBI: Gidrolizlangan kollagen, gialuron kislota.
QO‘LLANILISHI: Matoli kollagen niqob yuz terisiga zich yopishtiriladi. 15-20 daqiqada olib tashlanadi.
Foydali ma’lumot: Kollagenli niqoblar ayniqsa 25-30 yoshdan keyin terining tabiiy kollagen ishlab chiqarishi sekinlashganida juda yaxshi samara beradi.
AVOKADO — bu matoli niqob bo‘lib, yuz terisini C vitamini bilan oziqlantiradi. C vitamini terining "himoya" funksiyasini oshiradi. Avokado mevasining tabiiy ekstrakti yuz terisidagi charchoqni ketkazishga yordam berishi bilan birga unga yorqinlik beradi. Niqobni birinchi bor qo‘llaganingizdayoq yuz terisida silliqlashish seziladi. Avokado matoli niqobi yuz terisini yetarlicha namlaydi. Bu niqobni har qanday yoshda qo‘llash mumkin.
XUSUSIYATLARI:
· C vitaminiga boy
· Terini oziqlantiradi
· Charchoqni kamaytiradi
· Qurishga qarshi turuvchi
TARKIBI: Vitaminlar bilan boyitilgan tabiiy avokado ekstrakti.
QO‘LLANILISHI: Matoli niqobni tozalangan yuzga zich qilib, bir tekisda yopishtiriladi. 15-20 daqiqa yuzda ushlab turilib, so‘ngra olib tashlanadi.
Foydali ma’lumot: Avokado yuz niqobini erkak va ayollar birdek qo‘llasalar bo‘ladi.
Guruch ekstraktli niqob — bu matoli niqob bo‘lib, guruch tabiiy oqsili bilan to‘yintirilgan. Yuz terisini qurigan qavatini guruch oqsili va vitaminlar bilan oziqlantiradi hamda oqartirish xususiyatiga ega. Yuz terisini tortadi, mayda ajinlarni kamaytiradi va yuzdagi poralarni kichraytiradi. Yuz terisidagi yengil dog‘lar va sepkillarni ochartiradi. Yuz terisidagi qarish jarayonini sekinlashtiradi. Guruch ekstrakti yuz terisining nobud bo‘lgan to‘qimalarini qayta tiklanishiga yordam beradi. Ko‘z ostidagi charchoqdan paydo bo‘lgan shishlarni kamaytiradi. Kimyoviy moddalarsiz va allergiya chaqirmaydi. Niqobdan so‘ng makiyaj tekis yotadi. Uy sharoitida kundalik ishlatiladi.
XUSUSIYATLARI:
· Terini oziqlantirish
· Oqartirish
· Poralarni kichraytirish
· Lifting effekti
· Sepkil va dog‘larni ochartirish
TARKIBI: Tabiiy guruch oqsili va guruch ekstrakti.
QO‘LLANILISHI: Matoli niqobni tozalangan yuzga zich yopishtirib, 15-20 daqiqada olib tashlanadi.
Foydali ma’lumotlar: Qish va bahor oylaridagi yuz terisining quruqlashib ketishida yaxshi samara beradi.

