Natura Siberica LAB Biome Balance matlashtiruvchi tonik yog‘li va aralash teri uchun maxsus ishlab chiqilgan. Tonik yuzni tozalash bosqichini mukammal yakunlaydi, terining tabiiy pH muvozanatini tiklashga yordam beradi, sebum ajralishini nazorat qiladi, yog‘li yaltirashni kamaytiradi va teshikchalarni kamroq sezilarli qiladi. Biokompleks bilan boyitilgan formula terining sog‘lom mikrobiomini qo‘llab-quvvatlaydi, himoya to‘sig‘ini mustahkamlaydi va uzoq vaqt davomida tetiklik hissini ta’minlaydi.
• terini quritmasdan matlashtiradi
• terining tabiiy pH muvozanatini tiklaydi
• yog‘li yaltirashni kamaytiradi
• teshikchalarni toraytirishga yordam beradi
• terining sog‘lom mikrobiomini qo‘llab-quvvatlaydi
• terining himoya to‘sig‘ini mustahkamlaydi
• terini tetiklashtiradi va keyingi parvarish bosqichiga tayyorlaydi
Yog‘li, aralash va muammoli teri uchun tavsiya etiladi. Ayniqsa yog‘li yaltirash, kengaygan teshikchalar va ortiqcha sebum ajralishiga moyil teri uchun mos.
Lakto- va bifidobakteriyalar lizatlari bilan fermentatsiyalangan Kuril choyi ekstrakti — teri mikrobiomi muvozanatini saqlashga yordam beradi, tabiiy himoyani mustahkamlaydi va yog‘li terining holatini me'yorlashtirishga ko‘maklashadi.
Niasinamid — terining himoya to‘sig‘ini mustahkamlaydi, teri rangini tekislashga yordam beradi va sebum ajralishini tartibga soladi.
Rux (Sink) — yog‘li yaltirashni kamaytiradi, teshikchalarni toraytirishga yordam beradi hamda terining gidrolipid muvozanatini saqlab turadi.
Tayga angelikasi liposomal gidrolati — terini tetiklashtiradi, tinchlantiradi va optimal namlik darajasini saqlashga yordam beradi.
✔ yog‘li yaltirashsiz toza va mat teri
✔ kamroq seziladigan teshikchalar
✔ tiklangan tabiiy pH muvozanati
✔ bir tekis va sog‘lom yuz rangi
✔ har bir qo‘llashdan so‘ng tozalik va qulaylik hissi
Tonikdan oz miqdorda paxta diskiga quying va ko‘z atrofi qismini chetlab o‘tgan holda, oldindan tozalangan yuz terisini muloyim arting. Ertalab va kechqurun yuzni yuvgandan so‘ng, serum yoki krem surtishdan oldin qo‘llang.

