Lagom Cellus Mist Toner namlantiruvchi toner-misti terini tetiklashtiradi, taranglik hissini yo‘qotadi va kun davomida optimal gidrolipid muvozanatini saqlashga yordam beradi.
Terini silliq va mayin qiladi, quruq sohalarni yumshatadi hamda ta’sirlanishni (irritatsiya) tinchlantiradi. Suvsizlanishni bartaraf etib, tabiiy namlantiruvchi omil (NMF) darajasini oshiradi.
NMF — bu epidermis hujayralarida joylashgan va terida namlikni saqlashga javobgar bo‘lgan aminokislotalar, minerallar va peptidlar majmuasidir. Turli omillar ta’sirida organizmda tabiiy namlik yetishmovchiligi yuzaga keladi, natijada teri o‘zining elastikligi va tarangligini yo'qotadi. Ushbu vosita NMF ishlab chiqarilishini faol rag‘batlantiradi va hujayralarning namlikni ushlab qolish qobiliyatini yaxshilaydi.
Yengil mist tez so‘riladi va terida yopishqoqlik hissini qoldirmaydi.
Mahsulot tarkibida patentlangan Aqualicia® komponenti mavjud. U suv kanallari vazifasini bajaruvchi maxsus oqsillar — akvaporenlar faolligini va ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.
Akvaporenlar namlikni epidermisning chuqur qatlamlariga tashishga yordam beradi. Aqualicia® terining suv muvozanatini saqlaydi, suvsizlanishning oldini oladi va terining tabiiy himoya to‘sig‘ini mustahkamlaydi.
Quruq va sezuvchan teri uchun mos keladi.
Barcha turdagi terilar uchun oziqlantiruvchi essensiya-tonik
Koreyaning Lagom brendidan ko‘p funksiyali toner-essensiya terini samarali namlantiradi, yumshatadi hamda uning tarangligi va elastikligini saqlashga yordam beradi. Vosita quruqlik, sho‘ralash va tortishish hissini yo‘qotadi, gidrolipid muvozanatini tiklaydi va yoshga doir o‘zgarishlarning oldini olishga ko‘maklashadi.
Hatto sezuvchan teri uchun ham mos keladi. Tarkibida mineral moylar, silikonlar va sun’iy xushbo‘ylantiruvchilar mavjud emas. Yengil teksturasi tez so‘riladi va yopishqoqlik hissini qoldirmaydi.
Tozalangan yuz terisiga barmoqlar yordamida yoki paxta yostiqchasi (vatniy disk) bilan surting.
Ta’sirini kuchaytirish uchun niqob sifatida foydalanish mumkin: paxta yostiqchalarini toner bilan namlang, teriga qo‘ying va 10–20 daqiqaga qoldiring.

