Anua PDRN Hyaluronic Acid 100 Moisturizing Cream — terini chuqur namlantiruvchi va qayta tiklovchi premium Koreya yuz kremi. Tarkibidagi PDRN va gialuron kislotasi kompleks ravishda ta'sir koʻrsatib, terining gidro-balansini me'yorlashtiradi, ajinlarni silliqlaydi hamda teriga tabiiy jilo va elastiklik bagʻishlaydi. 60 ml hajmda ishlab chiqarilgan ushbu krem barcha turdagi terilar, ayniqsa quruq va namlikka muhtoj tana terisi uchun mos keladi.
Ishlatish yoʻriqnomasi
- Tozalash: Yuzingizni vosita (penka yoki gel) bilan yaxshilab yving va tonik (toner) surting.
- Qollash: Kremdan oz miqdorda (mosh donasiday) olib, yuz va boʻyin terisiga teng tarqating.
- Surtish: Yuz chiziqlari boʻylab massaj harakatlari bilan yengil shimarilgunicha pat-patlab surting.
- Vaqti: Har kuni ertalab va kechqurun (kuniga 2 mahal) parvarishning oxirgi bosqichi sifatida ishlatiladi.
Qaysi teri turlari uchun MOS KELADI?
- Quruq va suvsizlangan (obezvojennaya) teri: Ichki qatlamgacha namlik beradi, quruqlik va tortishish hissini yoʻqotadi.
- Aralash (kombinirovannaya) teri: Terining gidro-balansini meʼyorlashtiradi, yogʻlanish va quruqlik oʻrtasidagi muvozanatni ushlaydi.
- Normallashgan teri: Tabiiy jilo va elastiklikni saqlab turish uchun ideal.
- Ajin tushgan va yoshga doir oʻzgarishlar bor teri: PDRN va gialuron kislotasi terini qayta tiklaydi va ajinlarni silliqlashga yordam beradi.
- Sezgir (chuvstvitelnaya) teri: Terining himoya toʻsigʻini (baryerini) mustahkamlaydi va tinchlantiradi.
Qaysi teri turlari uchun TUGʻRI KELMAYDI ?
- Juda yogʻli va husnbuzar (akne)ga oʻta moyil teri: Krem juda boy va chuqur namlantiruvchi tarkibga ega boʻlgani uchun ba'zan oʻta yogʻli terida poralarni ogʻirlashtirishi mumkin (yengilroq gel-kremlar tavsiya etiladi).
- Tarkibidagi moddalarga individual koʻtara olmaslik (allergiya) bor holatlarda: PDRN yoki gialuron kislotasiga allergik reaksiya boʻlsa, ishlatish tavsiya etilmaydi.