Eveline Cosmetics Double White liniyasi yuz derisidagi tobg'alar (pigmentatsiya), sepkil va dog'larni ochartirishga hamda terini chuqur namlantirishga yordam beradi. Yuz derisini yumshoq tozalaydi, makiyajni va o‘lik hujayralarni yuvib tashlaydi. Limon va petrushka ekstrakti, sut kislotasi va vitaminlar bilan boyitilgan. Har qanday teri turiga mos keladi.
Yuzingiz har kuni yangidek va nurlanib tursin! ✨
Kuyosh urishi, shamol yoki sepkillar sabab yuzingizda dog‘lar paydo bo‘ldimi? Terining rangi bir xil bo‘lmay, sarg‘ayib yoki qorayib qolyaptimi? Eveline Cosmetics Double White seriyasi aynan siz uchun yaratilgan!
Ushbu vosita terini mayin tozalab, yuz va bo‘yin qismidagi pigmentatsiyalarni (dog‘-dug‘larni) sekin-asta ochartirishga xizmat qiladi. Tarkibidagi limon va petrushka ekstrakti hamda sut kislotasi terining ustki qavatini ohista yangilab, yuzingizga tabiiy tana rangini qaytaradi.

