Koreyada ishlab chiqarilgan namlovchi yuz misti terini tez va samarali namlaydi, quruqlik hamda taranglik hissini kamaytirishga yordam beradi. Tarkibidagi natriy gialuronat, betain, trehaloza va allantoin terining namlik muvozanatini saqlashga, himoya to‘sig‘ini mustahkamlashga va uni yumshoq hamda silliq holatda ushlab turishga ko‘maklashadi. Yog‘siz yengil formula tez so‘riladi, yuzni yopishqoq qilmaydi va kun davomida tetiklik baxsh etadi. Makiyajdan oldin, keyin yoki kun davomida istalgan vaqtda qo‘llash mumkin. Barcha teri turlari uchun mos.
Koreyada ishlab chiqarilgan tinchlantiruvchi yuz misti sezgir va ta’sirlangan terini parvarish qilish uchun mo‘ljallangan. Yengil yog‘siz formula terini namlaydi, qizarish va noqulaylik hissini kamaytirishga yordam beradi hamda teriga yoqimli tetiklik baxsh etadi. Muntazam qo‘llanganda terining namlik muvozanatini saqlashga va uni yumshoq hamda silliq ko‘rinishda ushlab turishga ko‘maklashadi. Makiyaj ustidan ham qo‘llash mumkin. Barcha teri turlari, ayniqsa sezgir teri uchun mos.
Koreyada ishlab chiqarilgan matlashtiruvchi yuz misti terini namlagan holda ortiqcha yog‘li yaltirashni kamaytirishga yordam beradi. Yengil yog‘siz formula terini tetiklashtiradi, silliq va parvarishlangan ko‘rinish beradi hamda kun davomida qulaylik hissini saqlaydi. Tez so‘riladi, yuzni og‘irlashtirmaydi va makiyajni yangilash uchun ham mos keladi. Barcha teri turlari, ayniqsa aralash va yog‘li teri uchun tavsiya etiladi

