O'rnatish — eng muhim qism
Bu tokchaning ko'p muammosi noto'g'ri o'rnatishdan kelib chiqadi. Quyidagilarga rioya qiling:
Yopishtiriladigan turdagi mahkamlagich ishlatilsa: devorni spirt bilan tozalab, butunlay quriting. Namlangan yoki changli kafelga hech qanday yelim ushlamaydi.
Yopishtirgandan keyin 24 soat davomida hech narsa qo'ymang — yelim shu vaqtda to'liq tutadi.
Dyubel bilan o'rnatsangiz, kafelni past aylanishda, maxsus parma bilan teshing.
Qavatlarni joyiga o'rnatganda ilgaklar to'liq tushganiga ishonch hosil qiling — yarim tushgan qavat yuk ostida qiyshayadi.
Tokchani gorizontal darajada o'rnating; qiyshiq o'rnatilsa buyumlar sirg'alib tushadi.
Ishlatish qoidalari
Bu yengil konstruksiya: shampun, gel, sovun va gubka uchun. Og'ir narsa qo'ymang va tokchaga tayanmang.
Yuk qavatlar bo'ylab teng taqsimlansin, bir chetga to'plamang.
Tokchaga osilmang va bolalar ushlab tortmasin.
Vaqti-vaqti bilan mahkamlagichni tekshirib turing — hammomdagi bug' tufayli yelim vaqt o'tib bo'shashishi mumkin.
Parvarish
Nam latta bilan arting, abraziv kukun ishlatmang.
Sovun qoldig'ini muntazam yuvib turing — u sirtni yemiradi.
Metall qismlarni quruq holda saqlashga harakat qiling.
Buyurtma berishdan oldin bilib qo'ying
Bu yengil hammom aksessuari, og'ir yuk ko'taradigan javon emas. Konstruksiyasi va i shunga mos.
Burchagingizni oldindan o'lchang — tokcha to'g'ri burchakka mo'ljallangan.
Kafel notekis bo'lsa yoki chok chiziqlari burchakka to'g'ri kelsa, yopishtirish kuchi kamayadi.

