Teringizga yumshoqlik va tozalik baxsh etuvchi yuvinish machalkasi qo'lqop kundalik gigiyena uchun ideal tanlov. Maxsus yumshoq tolali matodan tayyorlangan bo'lib, sovun va dush geli bilan birga ishlatilganda qalin ko'pik hosil qiladi.
Qo'lga qulay kiyiladi, sirpanmaydi va butun tana bo'ylab bemalol foydalanish imkonini beradi. Teri yuzasidagi o'lik hujayralarni muloyim tozalaydi, terini silliq va mayin holatga keltirishga yordam beradi.
Uy sharoitida, hammom, sauna va spa muolajalari uchun juda qulay. Tez quriydi, qayta-qayta foydalanish mumkin.
To'plam: 1 juft (2 dona).

