Nafis va zamonaviy yurakcha dizaynidagi ushbu taqinchoq komplekti har bir qiz va ayolning didiga mos keladi. Komplekt tarkibiga zirak, uzuk va sepochka kiradi. Yorqin pushti toshlar hamda mayda bezaklari taqinchoqqa yanada jozibali va nafis ko‘rinish beradi. Kundalik foydalanish uchun ham, bayram va maxsus kunlarda ham obrazingizni yanada chiroyli va nozik ko‘rsatadi. Yengil, qulay va zamonaviy uslubdagi ushbu komplekt yaqin insonlarga ajoyib sovg‘a bo‘la oladi. 💖

