Yurak shaklidagi soch qisqichi, 4 dona to’plam
Ushbu to’plam 4 dona yurak shaklidagi soch qisqichidan iborat. Sochning old qismini tartibli ushlab turish yoki turmakni bezash uchun mos keladi.
Qisqichlarni bittadan, juft holda yoki bir vaqtning o’zida bir nechtasini ishlatish mumkin. Kundalik foydalanish, maktab, bog’cha, sayr, mehmondorchilik va boshqa holatlar uchun mos.
Bolalar, o’smirlar va kattalar foydalanishi mumkin.
Naqshli soch qisqichi, 4 dona to’plam
4 dona to’g’ri to’rtburchak shaklidagi soch qisqichidan iborat to’plam. Bezagi soch turmagiga chiroyli ko’rinish beradi va kundalik foydalanish uchun mos keladi.
Sochning mayda tolalarini mahkamlash, turmakni bezash yoki turli uslublar yaratishda foydalanish mumkin.
Bolalar, o’smirlar va kattalar uchun mos. To’plamni o’zingiz foydalanishingiz yoki sovg’a sifatida tanlashingiz mumkin.

